Главная » Yangiliklar » Endi ichimlik suvi uchun 100% oldindan haq to'lanadi
Endi ichimlik suvi uchun 100% oldindan haq to'lanadi

Endi ichimlik suvi uchun 100% oldindan haq to'lanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Endi ichimlik suvi uchun 100% oldindan haq to'lanadi
  • Дата релиза: 02-01-18, 22:26
Endi ichimlik suvi uchun 100% oldindan haq to'lanadi
O`zbekistonda 2018 yil 1 yanvardan boshlab suv ta`minoti va suv chiqarish xizmati ko`rsatish 100 foizlik oldindan haq to`lash asosida amalga oshiriladi. Bu borada O`zbekiston Prezidentining tegishli farmoni e`lon qilindi.

Barcha davlat organlari 5 yildan so`ng issiq suv ta`minotidan mahrum bo`ladi

Oldindan haq to`lanmagan hollarda, mazkur iste`molchilarga nisbatan belgilangan tartibda suv ta`minoti va suv chiqarish tizimidan to`liq uzishgacha bo`lgan choralar ko`riladi. Bunda suv ta`minoti va suv chiqarish tizimidan ilgari uzib qo`yilgan shaxslarni qayta ulashda iste`molchilar toifasiga qarab eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan o`n baravarigacha miqdorda to`lov undiriladi.

Ushbu farmon suv ta`minoti va suv chiqarish xizmati ko`rsatish sohasida boshqaruv tizimini, nazorat va hisobga olish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, to`lov intizomini mustahkamlash maqsadida chiqarildi.

Xususan, vodoprovod va kanalizasiya tarmoqlari, suv ta`minoti ob`ektlarining eskirganligi, ko`pchiligidan qirq yildan ortiq foydalanilishi, shuningdek, ularni yangilash va modernizasiya qilish sur`atining pastligi joylarda ko`plab isrofgarchilik va avariyalarga, suvni etkazishda katta yo`qotish hamda uzilishlarga olib kelmoqda.

Bundan tashqari, vodoprovod-kanalizasiya xo`jaligi tashkilotlari xodimlarining kasbga tayyorgarlik darajasi past, malakali kadrlar tizimdan chiqib ketgan, ushbu sohadagi xodimlar tomonidan huquqbuzarlik sodir etish holatlari mavjud.

Endilikda suv ta`minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to`lovlarning o`z vaqtida va to`liq undirilishini, iste`molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta`minlash bilan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi shug`ullanadi.

Byuro shuningdek, suvdan noqonuniy foydalanish holatlarini, bevosita iste`molchilar tomonidan foydalanilgan suv hajmi va tegishli hududlar chegarasidagi tarmoqlarga etkazib berilgan hajm o`rtasidagi tafovutlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish, aniqlangan tafovutlarni bartaraf qilish mexanizmi bo`yicha takliflar kiritish hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini ko`rish huquqiga ega bo`ldi.

O`zbekiston Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi 2017 yil 1 dekabrga qadar muddatda shu yil 1 noyabr holatiga suv ta`minoti va suv chiqarish xizmatidan qarzdorligi mavjud bo`lgan iste`molchilarning shaxsiy ro`yxatini, jumladan, iste`molchi — yuridik shaxslar bilan qarzdorlikni taqqoslash bo`yicha mavjud dalolatnomalarni Byuroga taqdim etishi belgilandi.

Ikki oy muddatda tegishli funksiyalarning Byuroga o`tkazilishi hisobga olingan holda "Suvoqova" va "Suvsoz" davlat unitar korxonalarining nazoratchi shtat birliklari qisqartiriladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: