Главная » Yangiliklar » Endi qarindoshingizning sudlangani sizga halaqit bermaydi
Endi qarindoshingizning sudlangani sizga halaqit bermaydi

Endi qarindoshingizning sudlangani sizga halaqit bermaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Endi qarindoshingizning sudlangani sizga halaqit bermaydi
  • Дата релиза: 09-03-18, 20:18
Endi qarindoshingizning sudlangani sizga halaqit bermaydi
Mehnat kodeksi 78-moddasining ikkinchi qismiga qo`shimcha va o`zgartish kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishini taqiqlovchi normani o`rnatish nazarda tutilmoqda.

Bu haqda milliy axborot agentligi adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig`i Xudoyor Melievga tayangan holda xabar berdi.

Bosh Qomusimizga ko`ra, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega.

Amaldagi qonunchilikda shaxsning o`zini yoki yaqin qarindoshlarini muqaddam sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishi tartiblari aniq belgilanmagani, fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini to`liq amalga oshirilishiga to`sqinlik qilmoqda. Ushbu holat, amaliyotda shaxsni yaqin qarindoshlarining yoki o`zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etish holatlari kuzatilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib tayyorlangan qonun loyihasi bilan Mehnat kodeksi 78-moddasining ikkinchi qismiga qo`shimcha va o`zgartish kiritilib, shaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yohud yaqin qarindoshlarining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etilishini taqiqlovchi normani o`rnatish nazarda tutilmoqda.

Ushbu loyihaning qabul qilinishi muqaddam sudlangan, jazoni to`liq o`tab kelgan shaxslarni ahloqan tuzatish, yangi jinoyat sodir etishining oldini olish, ishga joylashtirish va normal hayotga moslashtirish masalalarini hal etishga yo`naltiriladi.

Qonun loyihasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan uchinchi o`qishda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga ko`rib chiqish uchun yuborilgan.

Hozirda ushbu qonun Senatning yalpi majlisida ko`rib chiqish uchun tayyorlanmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: