Главная » Yangiliklar » Endi Shahzoda sizga yanada yaqinroq
Endi Shahzoda sizga yanada yaqinroq

Endi Shahzoda sizga yanada yaqinroq

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Endi Shahzoda sizga yanada yaqinroq
  • Дата релиза: 18-03-18, 14:20
Endi Shahzoda sizga yanada yaqinroq
Barchaga ma`lum xonanda Shahzoda 6 yil mobaynida har yili “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etib kelgan. Xonanda 2018 yil bu an`anadan voz kechib, respublikaning turli shaharlaridagi muxlislarini xursand qilishga axd qildi. Aniqrog`i, Shahzoda ijodiy jamoasi bilan birgalikda “Shahzoda sening shahringda” nomli konsert dasturi bilan respublika bo`ylab gastrolga chiqadi. Xonandaning bu qaroridan maqsadi bitta: muxlislariga yanada yaqinroq bo`lish, ular bilan uchrashish! Konsertda barchaga birdek sevimli bo`lishga ulgurgan “xit”lar qatori, yangi qo`shiqlarni ham tinglashga muvaffaq bo`lasiz.

Konsert turnesi 1 maydan boshlanadi. Konsertlar o`tadigan manzillar:

1 may Urganch shahridagi markaziy o`yingoh,

2 may Nukus shahridagi Amfiteatr,

8 may Namangan shahridagi “Navbahor” o`yingohi,

9 may Andijon shahridagi Amfiteatr,

10 may Farg`ona shahridagi Amfiteatr,

11 may Qo`qon shahridagi markaziy o`yingox,

20 may Samarqand shahridagi “Mo`jiza” Amfiteatri,

21 may Urgut tumanidagi Amfiteatr,

22 may Buxoro shahridagi markaziy o`yingox,

23 may Vobkent tumanidagi markaziy o`yingox,

24 may G`ijduvon tumanidagi markaziy o`yingox,

25 may Navoiy shahridagi “Yoshlik” o`yingoxi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: