Главная » Yangiliklar » ​Endilikda kliplar “O`zbekkonsert”ning badiiy kengashi nazoratidan o`tsagina, TVda namoyish etiladi
​Endilikda kliplar “O`zbekkonsert”ning badiiy kengashi nazoratidan o`tsagina, TVda namoyish etiladi

​Endilikda kliplar “O`zbekkonsert”ning badiiy kengashi nazoratidan o`tsagina, TVda namoyish etiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Endilikda kliplar “O`zbekkonsert”ning badiiy kengashi nazoratidan o`tsagina, TVda namoyish etiladi
  • Дата релиза: 21-06-17, 13:00
​Endilikda kliplar “O`zbekkonsert”ning badiiy kengashi nazoratidan o`tsagina, TVda namoyish etiladi
2017 yilning 1 iyuldan boshlab lisenziyasi bor xonandalar bilan tuzilgan shartnomaga o`zgartirish kiritilib, unga asosan "O`zbekkonsert" qoshida badiiy kengash tashkil etiladi.

Barcha estrada xonandalarining kliplari efir va internet tarmoqlariga, xususan Youtube portaliga chiqishdan avval "O`zbekkonsert"ga topshiriladi va kengash tavsiyasiga asosan san`atkorning xohishidan kelib chiqqan xolda efir yo internet tarmoqlarida namoyish etilishiga ruxsat beriladi. Bu haqda "O`zbekkonsert" lisenziya bo`limi boshlig`i Odiljon Abduqahhorov “Sayyod.com” ga ma`lum qildi.

Badiiy kengash jamoatchilik asosida bo`lib, u klipmeyker, rejissyor, shoir, sayqalchi va bastakorlardan tashkil topadi. "O`zbekkonsert" xodimlari kengash a`zoligiga qabul qilinmaydi.

Xonandalar tomonidan kengashga taqdim etilgan kliplar nazoratdan o`tmay, san`atkorlar sarflagan mablag`agiga kuyib qolmasligi uchun “O`zbekkonsert” badiiy kengashiga klip g`oyasi va ssenariysini tasdiqlatib olish imkoniyati ham mavjud.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: