Главная » Yangiliklar » Enrike Iglesias konsertiga chiptalar sotilmaydi
Enrike Iglesias konsertiga chiptalar sotilmaydi

Enrike Iglesias konsertiga chiptalar sotilmaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Enrike Iglesias konsertiga chiptalar sotilmaydi
  • Дата релиза: 24-12-17, 16:05
Enrike Iglesias konsertiga chiptalar sotilmaydi
Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konserti 28 dekabr kuni «Istiqlol» san`at saroyida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan (shu sabab taniqli so`z ustasi Obid Asomovning uch kunlik konsertidan bir kuni 2018 yilga o`tib ketdi).

Avvalroq «Istiqlol» san`at saroyi direktori Isroil G`ulomov konsertga chiptalar sotilmasligi, unga tomoshabinlar faqat taklifnoma asosida kiritilishi haqida «Daryo»ga ma`lum qilgan edi.

Ispaniyalik xonandaning konserti chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkiloti va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatiladi.

Bundan tashqari, o`qishda va jamoatchilik ishlarida ma`lum bir yutuqlarga erishgan o`quvchi va talabalar ham Enrike Iglesiasning konserti chiptalarini qo`lga kiritishlari mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq rossiyalik milliarder Alisher Usmonov boshqa taniqli xonandalar — Robbi Uilyams va Xose Karreraslarning Toshkentdagi konsertlarini uyushtirgani aytilgan edi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: