Главная » Yangiliklar » Erdo‘g‘on AQSh bilan hamkorlikda Rakkani ozod etishga tayyorligini bildirdi
Erdo‘g‘on AQSh bilan hamkorlikda Rakkani ozod etishga tayyorligini bildirdi

Erdo‘g‘on AQSh bilan hamkorlikda Rakkani ozod etishga tayyorligini bildirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Erdo‘g‘on AQSh bilan hamkorlikda Rakkani ozod etishga tayyorligini bildirdi
  • Дата релиза: 25-09-16, 19:23
Erdo‘g‘on AQSh bilan hamkorlikda Rakkani ozod etishga tayyorligini bildirdi
Turkiya Suriyaning Rakka shahrini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha AQSh boshchiligidagi harbiy operatsiyaga kurdlar jalb etilmagan taqdirda qo‘shilishi mumkin. Bu haqda 25-sentabr, yakshanba kuni mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”. “O‘zaro faoliyat biz uchun o‘ta muhim. Agar AQSh PYD va YPG’ni (kurdlarning ‘Demokratiq ittifoq’ partiyasi va Suriyadagi kurd ko‘ngillilar otryadlari) operatsiyaga jalb etmasa, biz ular bilan birgalikda jang qilishga tayyormiz”, — ta’kidladi Erdo‘g‘on. Eslatib o‘tamiz, Turkiya avgust oxiridan beri Suriyaning Jarablus shahrida hududida IShIDga qarshi “Frot qalqoni” deb nomlangan harbiy operatsiyani olib bormoqda. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Логин:
Пароль: