Главная » Yangiliklar » ERGA HAJMI UY BILAN TENG BO`LGAN ASTEROID YaQINLAShMOQDA
ERGA HAJMI UY BILAN TENG BO`LGAN ASTEROID YaQINLAShMOQDA

ERGA HAJMI UY BILAN TENG BO`LGAN ASTEROID YaQINLAShMOQDA

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ERGA HAJMI UY BILAN TENG BO`LGAN ASTEROID YaQINLAShMOQDA
  • Дата релиза: 16-08-17, 18:14
ERGA HAJMI UY BILAN TENG BO`LGAN ASTEROID YaQINLAShMOQDA
Evropa kosmik agentligi (EKA) diametri 15-30 metr bo`lgan asteroid yaqinlashayotgani haqida ma`lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

EKA bergan ma`lumotga ko`ra, 12 oktyabr kuni asteroid Erga juda yaqin joydan — atigi 44 ming kilometr uzoqlikdan uchib o`tadi. Asteroidning hajmi uyning hajmi bilan tengdir. Bunday hajmdagi asteroidni 2013 yilda Chelyabinskka tushgan asteroidga tenglashtirish mumkin.

“Bu juda yaqin masofa”, dedi Evropa kosmik parvozlar boshqarmasi markazi direktori Rolf Densing. Shu bilan birga asteroidning hozir turgan joyi bilan Er o`rtasidagi masofa xavfsizligini ta`kidladi. Astronomlar ayni paytda ko`rinib turganligi uchun koinot jismining tarkibiy qismini batafsil o`rganishga kirishdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: