Главная » Yangiliklar » Erkak rafiqasini 20 metr balandlikdan tushib ketmasligi uchun sochidan tutdi
Erkak rafiqasini 20 metr balandlikdan tushib ketmasligi uchun sochidan tutdi

Erkak rafiqasini 20 metr balandlikdan tushib ketmasligi uchun sochidan tutdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Erkak rafiqasini 20 metr balandlikdan tushib ketmasligi uchun sochidan tutdi
  • Дата релиза: 07-02-17, 18:38
Erkak rafiqasini 20 metr balandlikdan tushib ketmasligi uchun sochidan tutdi
Xitoyning Shensi viloyatida ro`y bergan oilaviy janjalning fojiaga aylanishiga bir bahya qoldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Eri bilan urushib qolgan ayol joniga qasd qilish maqsadida o`zini uyning tomidan tashlamoqchi bo`ldi, so`nggi daqiqalarda esa turmush o`rtog`i uni sochidan tutib qoldi.

Jurnalistlar bergan ma`lumotga ko`ra, erkak rafiqasini uch daqiqa davomida, to qutqaruvchilar va huquq-tartibot idorasi xodimlari etib kelgunga qadar 20 metr balandlikda osilib turgan rafiqasining sochidan ushlab turgan.

Polisiyachilar etib kelgan paytda ayolning sochi erkakning qo`lidan sirg`anib keta boshlagan. “Agar yana bir necha soniya kech qolganimizda, ayol pastga qulardi”, dedi polisiyachilardan biri.
Логин:
Пароль: