Главная » Yangiliklar » Erkaklarning aytilmaydigan qo'rquvlari
Erkaklarning aytilmaydigan qo'rquvlari

Erkaklarning aytilmaydigan qo'rquvlari

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Erkaklarning aytilmaydigan qo'rquvlari
  • Дата релиза: 13-09-18, 22:09
Erkaklarning aytilmaydigan qo'rquvlari
Odatda, biz ishonchsizlik haqida gapirganda, negadir faqat ayollarni nazarda tutamiz — aslida esa ayollar erkaklarnikidan ko'ra ishochini ochiq gapirishadi. Ammo erkaklarda ham o'zlarining qo'rquvlari va hayojonli vaziyatlari bor, bu hatto psixologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular nimalar haqida sukut saqlashadi?

1. Tana ko'rinishi

Bu qo'rquv, asosan, ayollarga tegishli: ular qanday qilib kiyinish kerak, o'zlariga qarashlari va ideal his qilishi kerak? Ammo erkaklar bundan ham azob chekishar ekan. Masalan, ular juda nozik bo'lishni yoki kattaro qorinchaga ega bo'lishni xohlamaydilar. Va ular ham ayollar uchun jozibali va yaxshi ko'rinishga intilishadi.

2. Pul

Ijtimoiy bosim. Erkaklar uyga pul topib kelish kerak deb hisoblanadi. Ularning moliyaviy ahvoli-juda achinarli joyi hisoblanadi. Bundan tashqari, dunyoning aksariyat mamlakatlarida odatda birinchi uchrashuvda kechki ovqat uchun erkak to'lashi kerak. Umuman, pul masalasi ularni juda zaif nuqtasi va bu narsa ularning o'ziga ishonchsizligini uyg'otadi.

3. Bo'y

Ha, ular bundan ham azob chekishadi, chunki ular bu ko'rsatkichni ayollarni jalb qiladigan asosiy fazilatlardan biri deb hisoblashadi. Baland yoki pastligi muhim emas, muhimi yurak yoki qalb — bu munosabatlarda katta ahamiyatga ega. Biroq erkaklar ayollar oldida past bo'yli bo'lib qolishdan cho'chiydilar.

4. Rashq

Ko'pgina erkaklar o'z juftini rashq qiladi va oddiy boshqa inson shunchaki gaplashganda ham, erkak o'z juftini rashq qilishi mumkin. Shuning uchun, qizlar kursdosh yoki hamkasblari bilan uchrashganini aytganda, erkak kishi rashq qilishni boshlaydi va bu narsalar erkaklarni tashvishlantiradi. Ular ayoli undanda idealroq insonni ko'rishlarini istashmaydi.

5. Yetarli tajribaga ega bo'lmaslik

Qizlar bilan gaplashish tajribasiga ega bo'lmaslik qo'rquvi ko'plab eraklarda haqiqiy stressni keltirib chiqaradi. Ular har qanday vaziyatni yengish uchun yashirincha qo'rqishadi. O'zingizni bo'sh tuting! Yuzlab qizlarni hayojonga soluvchi “kachok” odamning qiyofasi uzoq muddatli munosabatlar uchun emas, balki faqat vaqtinchalik gap otish uchun jozibadordir.

6. Sochlar

Tananing sochlari juda jasur erkakning alomati hisoblanadi, ammo ko'plab erkaklar qizlarga bu narsa qanchalik jozibali tuyulishiga ishonmaydilar. Yana bir jiddiy falokat soch to'kilishidir. Va bu haqiqiy travma bo'lsa-da, ammo kal erkaklar ba'zida juda yoqimtoy va jozibali ko'rinishi mumkin. Shuning uchun bunday muammolarni o'ylamaslik, o'zingizni hurmat qilishni sezilarli darajada kamaytiradi.

7. Parhez

Odatda ayollar dietada ekanliklarini aytishadi, chunki erta yoshdan boshlab ular ideal qaddi-qomatning ahamiyatini eslashadi. Agar erkak dietada o'tirsa, bu g'alati ko'rinadi. Lekin, aslida, ular ko'p ovqatlanishdan xavotirga tushishadi, shuning uchun ular ovqatlanishda cheklanishadi yoki sport zaliga borishadi.

8. Munosabatlar

Ko'pgina ayollar jurnallarida asosan munosabatlarni qanday saqlab qolish yoki ularni qanday qilib qo'llab-quvvatlash haqida yozadilar. Bu mavzu bo'yicha gapiradigan erkak, dieta holatlaridagi kabi, juda g'alati ko'rinadi. Shunga qaramay, erkaklar ham shu kabi narsalar haqida tashvishlanishadi. Ular drama va janjallarsiz mustahkam munosabatni o'rnatishni istaydilar. Va ular ham sevilishni istashadi.

9. Emotsiyalarning ifodasi

Insonga bolaligida necha marta «Yig'lama, sen erkaksan» iborasi aytiladi? Bu ularning butun hayotiga ta'sir qiladi. Ular his-tuyg'ularni ichkarida saqlaydi va deyarli hech kimga ko'rsatmaydi. Aslida, erkaklar ayollarga qaraganda ko'proq sevishi mumkin, lekin ular bu zaifliklarini namoyish qilmaslik uchun, o'z hislarini xavfsiz qulf ostida saqlashda davom etadilar.
Manba: Hordiq.uz
Логин:
Пароль: