Главная » Yangiliklar » ​Eronda 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi
​Eronda 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi

​Eronda 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Eronda 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi
  • Дата релиза: 05-04-17, 17:08
​Eronda 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi

Eronning Xuroson-Rizavi provinsiyasida 6,0 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Fars xabar berdi.

Mashhad shahridan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan epimarkazda beshta qishloq joylashgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ofat joyida bir necha yuzlab insonlar bo`lishi mumkin.

Hodisa joyiga mutaxassislardan iborat uchta guruh yuborilgan. Barcha qutqaruv xizmatlari tayyorgarlik darajasiga etkazilgan. Yaradorlarni qabul qilishga mahalliy kasalxonalar tayyor. Hozircha jabrlangan va qurbonlar haqida ma`lumot kelib tushmadi.

Eron Milliy seysmologik xizmatida yaqin fursatlarda zilzila qaytalanish xavfi mavjudligini aytishmoqda.
Manba: Darakchi.uz

Логин:
Пароль: