Главная » Yangiliklar » ESKI HISOBLAGIChNI QANAQASIGA ALMAShTIRISh KERAK?
ESKI HISOBLAGIChNI QANAQASIGA ALMAShTIRISh KERAK?

ESKI HISOBLAGIChNI QANAQASIGA ALMAShTIRISh KERAK?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ESKI HISOBLAGIChNI QANAQASIGA ALMAShTIRISh KERAK?
  • Дата релиза: 23-08-17, 01:10
ESKI HISOBLAGIChNI QANAQASIGA ALMAShTIRISh KERAK?
— Uyimdagi elektr energiya hisoblagichi eski (qora schyotchik). Hozir ayni paytda qanaqasiga almashtirish kerak?

Usmon Qodirov. Surxondaryo viloyati, Denov shahri

P.XIDIROV, “O`zbekenergo” AJ direktori o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 1 noyabrdagi 295-sonli qarori, 2009 yil 22 avgustdagi 245-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari" hamda Adliya vazirligida 2015 yil 1 dekabrda 2736-son bilan ro`yxatga olingan "Maishiy iste`molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizom" talablariga ko`ra, elektr energiyasi iste`molini hisobga olish uchun hozirgi vaqtda inson omilining ta`sirini mumkin qadar kamaytirgan holda axborotlardan ruxsatsiz foydalanilishidan kompleks himoya bilan ta`minlangan zamonaviy elektron hisobga olish priborlari o`rnatilishi kerak.

Shu bilan birgalikda, yuqorida nomi qayd etilgan hoidalarning tegishliligicha 4-bandida iste`molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun "O`zstandart" agentligi yoki uning o`lchov vositasi turini tasdiqlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo`lgan hududiy bo`linmalari tomonidan ro`yxatdan o`tkazilgan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari qo`llanilishi belgilangan.

Inobat ERNAZAROVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: