Главная » Yangiliklar » Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanishim mumkin?
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanishim mumkin?

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanishim mumkin?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanishim mumkin?
  • Дата релиза: 02-02-18, 08:54
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasidan qachongacha foydalanishim mumkin?
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilinishicha, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish:

-2017 yil 1 oktyabr — 2018 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat`i nazar — ular egasining yozma arizasiga ko`raixtiyoriy ravishda;

-2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat`i nazar — majburiy tartibda;

-avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017 — 2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich — avtomototransport vositasini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazishda amalga oshiriladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: