Главная » Yangiliklar » ESKIRGAN TIBBIYI USKUNLAR 2023 YILGAChA ALMAShTIRILIShI ShART
ESKIRGAN TIBBIYI USKUNLAR 2023 YILGAChA ALMAShTIRILIShI ShART

ESKIRGAN TIBBIYI USKUNLAR 2023 YILGAChA ALMAShTIRILIShI ShART

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ESKIRGAN TIBBIYI USKUNLAR 2023 YILGAChA ALMAShTIRILIShI ShART
  • Дата релиза: 29-09-17, 10:23
ESKIRGAN TIBBIYI USKUNLAR 2023 YILGAChA ALMAShTIRILIShI ShART
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 iyundagi 405-son “Tibbiy faoliyatni lisenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq Sog`liqni saqlash vazirining buyrug`i (ro`yxat raqami 2928, 2017 yil 11 sentyabr) bilan Tibbiy uskunaning ma`nan eskirganlik darajasini aniqlovchi mezonlar tasdiqlandi, deb yozadi norma.uz sayti.

Belgilanishicha, mulkchilik shaklidan qat`i nazar yangi tashkil etilayotgan yoki qayta jihozlanayotgan tibbiyot tashkilotlari faqat Tibbiyot amaliyotida qo`llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reestrida mavjud bo`lgan tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi lozim.

Ushbu tashkilotlar yangi yaratilgan tibbiy uskunalardan ular davlat ro`yxatidan o`tkazilgandan keyin foydalanishi mumkin.

Hujjatga ko`ra, tibbiyot tashkilotlari uchun tibbiy uskunaning ma`nan eskirganlik darajasi uning ishlab chiqarilgan yili orqali aniqlanadi. Tibbiy uskunaning texnik pasportida yoki yorlig`ida ko`rsatilgan ekspluatasiya muddati tugagandan keyin u ma`nan eskirgan hisoblanadi. Ekspluatasiya muddati ko`rsatilmagan hollarda, u ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 15 yil o`tgandan keyin ma`nan eskirgan hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan sanasi ko`rsatilmagan bo`lsa, bunday tibbiy uskunalardan foydalanish taqiqlanadi.

Tibbiyot tashkilotlari o`zlarida mavjud bo`lgan ishlab chiqarilgan yili ko`rsatilmagan hamda ma`nan eskirgan tibbiy uskunalarni 2023 yilning 1 yanvarigacha yangi uskunalarga almashtirishi lozim.

Yangi tashkil etilgan tibbiyot tashkilotlari ma`nan eskirgan tibbiy uskunalardan foydalanishi taqiqlanadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: