Главная » Yangiliklar » Facebook’da boshlangan bayram sovg‘alari bilan ayirboshlash aksiyasi firibgarlik deb baholandi
Facebook’da boshlangan bayram sovg‘alari bilan ayirboshlash aksiyasi firibgarlik deb baholandi

Facebook’da boshlangan bayram sovg‘alari bilan ayirboshlash aksiyasi firibgarlik deb baholandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Facebook’da boshlangan bayram sovg‘alari bilan ayirboshlash aksiyasi firibgarlik deb baholandi
  • Дата релиза: 27-11-17, 20:00
Facebook’da boshlangan bayram sovg‘alari bilan ayirboshlash aksiyasi firibgarlik deb baholandi
Facebook’da Holiday Gift Exchange (bayram sovg‘alari bilan ayirboshlash) aksiyasida ishtirok etib, 10 dollardan boshlanadigan sovg‘ani kimgadir yuborishni taklif qiluvchi virusli xabar tarqalmoqda. Bu firibgarlikdir, deb yozadi Forum Daily.

Aksiyaning mohiyati shundan iboratki, siz kimgadir sovg‘a jo‘natasiz, keyin esa sizning pochtangizga yuzlab sovg‘alar kelishni boshlaydi. Bu aksiya bezararga o‘xshab tuyuladi, ammo u noqonuniy.

AQSh pochta inspeksiyasi xizmatida bu aksiyani “baxt maktubi”ning oddiy namunasi deb atashmoqda, faqat sizdan pul emas, sovg‘alar jo‘natishni so‘rashadi.

Federal qonunning pochta lotereyalari haqidagi moddasiga ko‘ra, bunday xatti-harakatlar 2 yilgacha jinoiy jazo bilan jazolanishi mumkin.

Shuningdek, aksiya shartlarini qabul qilish orqali, maxfiylik muammosi yuzaga keladi: sizdan ism-sharif va pochta manzilingizni ko‘rsatishingizni so‘rashadi. Bu ma’lumot kimlarning qo‘liga tushishi mumkinligini siz bilmaysiz.

Pochta xizmati e’tiborli bo‘lib, bunday aksiyalarda qatnashmaslikni tavsiya qilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: