Главная » Yangiliklar » Facebook dasturi smartfon akkumulyatorlarini tez quvvatsizlantirib qo‘yishi ma’lum bo‘ldi
Facebook dasturi smartfon akkumulyatorlarini tez quvvatsizlantirib qo‘yishi ma’lum bo‘ldi

Facebook dasturi smartfon akkumulyatorlarini tez quvvatsizlantirib qo‘yishi ma’lum bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Facebook dasturi smartfon akkumulyatorlarini tez quvvatsizlantirib qo‘yishi ma’lum bo‘ldi
  • Дата релиза: 10-02-16, 16:03
Facebook dasturi smartfon akkumulyatorlarini tez quvvatsizlantirib qo‘yishi ma’lum bo‘ldi
Facebook dasturi smartfon akkumulyatorlarini tez quvvatsizlantirib qo‘yadi. The Guardian jurnalisti Semyuel Gibbs dastur “ochofat” ekanligini tasdiqlovchi tajriba o‘tkazdi, deya hikoya qiladi “Hi-Tech Mail.ru”. Gibbs Facebook dasturini o‘zining iPhone 6s Plus smartfonidan chiqarib tashlab, ijtimoiy tarmoqdan Safari brauzeri orqali foydalana boshladi. Tarmoqda bo‘lish vaqti esa o‘zgarishsiz qoldi. 15 soatdan iborat ish kuni davomida akkumulyatorning 15 foiz atrofidagi zaryadi tejalgan. Jurnalist tajribani Android qurilmada ham takrorladi: Facebook Nexus 6P’dan olib tashlanib, uning o‘rniga Metal qo‘llab ko‘rildi. Bu gal smartfon akkumulyatori zaryadining 20 foizi saqlab qolindi. Facebook dasturi energiyani haddan ziyod ko‘p iste’mol qilishi tufayli bot-bot tanqidga uchraydi. AVG reytingida uning eng ko‘p quvvat oladigan dastur ekanligi qayd etilgan.
Логин:
Пароль: