Главная » Yangiliklar » Facebook noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qoldi
Facebook noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qoldi

Facebook noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qoldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Facebook noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qoldi
  • Дата релиза: 19-06-14, 23:49
Facebook noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamay qoldi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i ishlamay qoldi. Saytga kirishga urinishda yoki dasturdan foydalanmoqchi bo‘lganda servis xato haqida xabar bera boshladi.

Nosozlik Toshkent vaqti bilan taxminan 12:55 da boshlandi. Xatolik sabablari haqida hozircha xabar berilmayapti.

Boshqa ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar Facebook ishlamay qolganidan shikoyat qila boshlashdi.

Ba’zi saytlar yuklanish bilan muammo paydo bo‘lmasligi uchun Facebook vidjetlarini vaqtincha olib tashladi, deb yozadi TJournal.

“VKontakte” matbuot kotibi esa vaziyatdan foydalanib, barchani Rossiya ijtimoiy tarmog‘ini ishlatishga chaqirdi.

Facebook oradan yarim soat o‘tib, 13:25 da yana ishlab ketdi.

Логин:
Пароль: