Главная » Yangiliklar » ​Facebook o`z foydalanuvchilari haqida biladigan 15 ta shaxsiy narsa
​Facebook o`z foydalanuvchilari haqida biladigan 15 ta shaxsiy narsa

​Facebook o`z foydalanuvchilari haqida biladigan 15 ta shaxsiy narsa

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Facebook o`z foydalanuvchilari haqida biladigan 15 ta shaxsiy narsa
  • Дата релиза: 25-05-17, 17:09
​Facebook o`z foydalanuvchilari haqida biladigan 15 ta shaxsiy narsa
Tasavvur qiling dunyoning barcha odamlarini bitta katta binoga joylashtirishgan, u erdagi tartibni esa maxsus agentlar kuzatadi va ta`minlaydi. Binoning qonunlarida agentlarning barcha harakatlari binoda yashovchilarning xavfsizligi uchun deb belgilangan. Ammo qandaydir vaqtda siz agentlar ortingizdan kuzatishayotganini bilib qolasiz: ular sizning suxbatlaringizni, harakatlaringizni va hatto qaerdaligingizni aniqlay olishadi.

AdMe.ru nashri Propublica binosini videokuzatuviga asoslanib qanchalik ijtimoiy tarmoqlar siz haqingizda bilishini bilib oldi.

Xo`sh, Facebook nimalarni eslab qoladi:

Sizga yoqadigan barcha narsani: suratlar, yozuvlar, odamlar, video, sharhlar. Sizning barcha layk va repostlaringiz tahlil qilinadi.

Istalgan foydalanuvchi bilan barcha shaxsiy xabarlaringizni.

Sizning o`chirilgan barcha xabarlaringizni, sharh va postlar: hatto siz ularni allaqachon o`chirgan bo`lsangiz ham ular doim ijtimoiy tarmoqning serverlarida saqlanadi.

Sizning ohiriga etkazilmagan postlaringiz ham, hatto uni yozib o`chirib tashlagan bo`lsangiz ham. Ha, Facebook hatto siz yozib, ammo chiqarishni istamagan yozuvlaringizni ham eslab qoladi!

Siz tomondan joylangan barcha surat va videolar va hatto siz bo`lishganlari ham.

Biror foydalanuvchi bilan do`st bo`lgan va do`st bo`lishni to`xtatgan vaqtingiz.

Instagram va WhatsApp tarmoqlaridagi barcha harakatlaringiz, layk va xabarlaringiz (ikkisi ham Facebook’niki).

Siz tashrif buyurgan shaharlar, joylar, mamlakatlar.

Akkauntingizga kirgan barcha uskunalarni.

Sizning ma`lumotingiz va daromadingiz.

Lentadan o`tgan barcha saytlaringiz. Sizni nima sababdan Facebook aynan sizga qiziqarli rekalamani taqdim etishi haqida o`ylab ko`rganmisiz?

«Podelitsya v Facebook» yoki shunchaki «Nravitsya» tugmalari mavjud har qanday sahifalarni.

Kredit kartalaringiz borligini.

Sizning siyosiy qarashlaringiz, ayniqsa sizga qarshi ishlatilishi mumkin bo`lgan sharhlaringiz ham.

Sizning yuzingiz: sizni kimdir o`z suratlarida belgilagan taqdirda, Facebook buni o`z bazasiga kiritadi, va keyinchalik sizni har qanday suratda tanib oladi.

Agar yuqoridagilarni o`qib ijtimoiy tarmoqni tark etmoqchi bo`lsangiz, unutmang: akkauntni o`chirib tashlash sizning ma`lumotlaringizni o`chirmaydi. Shunday bo`lsada Binodan butunlay ketmang. Shunchaki undan ehtiyotkorlik bilan foydalaning.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: