Главная » Yangiliklar » Facebook seriallar suratga olishni boshlaydi
Facebook seriallar suratga olishni boshlaydi

Facebook seriallar suratga olishni boshlaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Facebook seriallar suratga olishni boshlaydi
  • Дата релиза: 26-06-17, 21:15
Facebook seriallar suratga olishni boshlaydi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i seriallar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Aytilishicha, ayni paytda kompaniya Gollivud studiyalari va televizon shou ishlab chiqaruvchi agentliklar bilan muzokaralar olib bormoqda. Yozning oxiriga qadar original mahsulotlar chiqarilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, ijtimoiy tarmoq bitta seriyani ishlashga 3 million dollar sarflashga tayyor — bu kabel televideniyesidagi eng qimmatbaho shoularning narxiga tengdir. Bundan tashqari, kompaniya arzonroq shoular ishlashni rejalashtirmoqda.

Aytilishicha, Facebook mutasaddilari kichik formatga qiziqmoqda. Shu tariqa, har bir seriya 10 daqiqa atrofida bo‘lishi mumkin.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: