Главная » Yangiliklar » FAO: DUNYoGA BANANLI HALOKAT XAVF SOLMOQDA
FAO: DUNYoGA BANANLI HALOKAT XAVF SOLMOQDA

FAO: DUNYoGA BANANLI HALOKAT XAVF SOLMOQDA

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: FAO: DUNYoGA BANANLI HALOKAT XAVF SOLMOQDA
  • Дата релиза: 21-10-17, 11:36
FAO: DUNYoGA BANANLI HALOKAT XAVF SOLMOQDA
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari tashkiloti (FAO) hamkorlar bilan birgalikda banan plantasiyalarini zararlayotgan zamburug`ga qarshi 98 million AQSh dollar qiymatidagi dasturni yo`lga qo`ydi.

“Fuzarioz hazon bo`lish” nomli yangi zamburug` bananlarni yillab davom etadigan kasallik bilan kasallantirishi va uni turli yo`llar bilan tarqatishi mumkin.

Bananlar – dunyodagi eng xaridorgir meva bo`lib, aholining asosiy 400 mln kishining daromad manbai sanaladi.

Osiyo, Afrika, Lotin Amerika aholisining ko`pchiligi shu meva orqali kun ko`radi. Ishonish qiyin ammo bananlar 135 ta mamlakatda o`stiriladi. Bu uning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat.

FAOning fikricha, agar butun dunyoda tegishli choralar ko`rilmasa, 2040 yilga kelib yangi zamburug` 1,6 mln gektar banan etishtiriladigan maydonlarni, ya`ni butun dunyo ishlab chiqarishining oltidan bir qismini zararlashi mumkin. Yo`qotishlar $10 mlrd bo`lishi kutilmoqda.

Zamburug`ni ilk bor Janubi-Sharqiy Osiyoda 1990-yillarda aniqlashgan. Shundan beri zamburug`ni Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Afrikaning 19 ta uchastkasida aniqlashgan.

FAO e`lon qilgan besh yillik dastur 67 ta mamlakatni o`z ichiga oladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: