Главная » Yangiliklar » ​Faqat o`zini o`ylaydigan ayrim san`atkorlar san`atkorlar safidan chiqadi
​Faqat o`zini o`ylaydigan ayrim san`atkorlar san`atkorlar safidan chiqadi

​Faqat o`zini o`ylaydigan ayrim san`atkorlar san`atkorlar safidan chiqadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Faqat o`zini o`ylaydigan ayrim san`atkorlar san`atkorlar safidan chiqadi
  • Дата релиза: 06-06-17, 00:02
​Faqat o`zini o`ylaydigan ayrim san`atkorlar san`atkorlar safidan chiqadi
Kuni kecha “O`zbekkonsert” davlat muasasasi tomonidan “Turkiston” saroyida“Qat`iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir estrada xonandasining asosiy insoniy fazilatiga aylansin” mavzusida estrada xonandalari bilan yig`ilish tashkil etildi.

Majlisda O`zbekiston Repsublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Minhojiddin Xojimatov, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni mas`ul xodimi Abduvahob Saxiev estrada xonandalari, va Muassasa xodimlari ishtirok etdi.

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi direktori v.v.b. A.Haydarov so`zga chiqib:“Boshqalar bilmasa ham, biz o`z qadrimizni, noyob iste`dodimizni asrab-avaylashimiz, san`atkorning nomini, sha`ni va obro` e`tiborini himoya qilishimiz zarur. Shunday qo`shiqlar aytaylikki, qo`shiqning qudratini tushungan imonli, e`tiqodli kishilar sizlarni o`g`il qizlariga ibrat qilib ko`rsatsin. Hamma ham san`atkor bo`lolmaydi, faqat Olloh suyib iste`dod ato etsagina o`sha inson el nazariga tushadigan xonanda bo`lib tanilishi mumkin.

San`atkorlik kasbi esa insondan sabr-toqat va metindek iroda talab qiladi. Chunki, elga tanilgan har bir san`atkor omma e`tiborida bo`lib, ularning ijodi va faoliyati har doim muhokama etib boriladi. Va ular o`z navbatida tanqidlarga uchrashi ham ehtimoldan holi emas. San`atkor o`rinli keltirilgan tanqidlardan to`g`ri xulosa chiqarib o`z ijodiy faoliyatini davom ettirishi lozim. U o`shandagina san`atkorlik maqomini saqlab qola oladi. Xalq nazarida bo`lgan san`atkorlarimiz tinimsiz mehnatda va izlanishda bo`lishlari kerak. Ularning mehnatdan, harakatdan bir lahzaga to`xtashi omma e`tiboridan chetda qolishiga sabab bo`ladi. San`atning yuki og`ir. Ammo, buni hamma ham tushunavermaydi, to`liq anglamaydi. Achinarli tomoni shundaki, odatda estrada xonandalarining faoliyatini ko`plab boshqa kasb egalari tanqid qiladi.

Bugungi yig`ilish ana shunday noxush holatlarning olidini olish, xonandalarni qiynayotgan muammolardan xabardor bo`lish, kelgusida o`zaro kelishib, maslahatlashib ishlashdan iborat” dedi Muassasa rahbari .

Estrada xonandalari madaniyat va san`at yo`nalishining ko`pchiligini tashkil etadigan jamoa hisoblanadi. Barcha ahil, hamjihat va hamfikr bo`lsa, oradagi mas`uliyatsiz, faqat o`zini o`ylaydigan ayrim san`atkorlarni iloji boricha tarbiyalanishi, agar insofga kelmasa, ular o`z-o`zidan san`atkorlar safidan chiqishi ta`kidlandi.

“Qat`iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir estrada xonandasining asosiy insoniy fazilatiga aylansin” mavzusidagi yig`ilish so`ngida vatanimiz taraqqiyoti yo`lida bir jamoa bo`lib ishlab, ijod qilishga kelishildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: