Главная » Yangiliklar » Farg'onada gaz "zapravka"laridagi narxlar 1950 so'mgacha tushirilmoqda
Farg'onada gaz

Farg'onada gaz "zapravka"laridagi narxlar 1950 so'mgacha tushirilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Farg'onada gaz "zapravka"laridagi narxlar 1950 so'mgacha tushirilmoqda
  • Дата релиза: 05-01-19, 01:25
Farg'onada gaz "zapravka"laridagi narxlar 1950 so'mgacha tushirilmoqda
2019 yil 1 yanvardan boshlab mamlakatimiz soliq tizimida qo`shilgan qiymat solig`ini amaliyotga kengroq tatbiq etish boshlandi. Shu bilan birga, tovarlar xarid qilinganda, ayrim savdo markazlarida mahsulotga belgilangan narx tarkibidagi QQS miqdori xarid chekida ifodalanishi ko`pchilikda xavotir uyg`otmoqda. Ya`ni, tovarlarga QQS qo`shilib, narx-navo oshib ketyaptimi? Yoki vodiyda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida (“zapravka”) narxlar 300-400 so`mga oshirilgani asoslimi?

Shu kabi savollarga Farg`ona viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan soliq islohotlari Konsepsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan mamlakatimiz soliq tizimiga kiritilgan o`zgarishlar yuzasidan Farg`ona, Qo`qon va Marg`ilon shaharlari hamda Rishton, Beshariq va Uchko`prik tumanlarida tashkil etilgan seminar-treninglarda batafsil javob berildi. Ta`kidlash joiz, tadbirlarda umum belgilangan soliqlar to`lash tartibiga o`tayotgan hududdagi ko`plab tadbirkorlik sub`ektlari ishtirok etdi. Bu haqda Farg`ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Seminarlarda asosiy e`tibor viloyatdagi umum belgilangan tartibdagi soliqlar, xususan, qo`shilgan qiymat solig`i to`lash tartibiga o`tayotgan turli tarmoq (umumiy ovqatlanish, qurilish, savdo, xizmat ko`rsatish, ishlab chiqarish, audit) vakillariga soliq islohotlari natijasida yuzaga kelgan o`zgarishlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishga qaratildi.

– 1 yanvardan mahsulotlar narxi 20 foizli QQS hisobiga oshdi deganlar uchun ta`kidlashim kerakki, ushbu soliq turi mahsulot narxiga qo`shimcha ravishda qo`shilgani yo`q, u avval ham bor edi, faqat ko`pchilik e`tibor bermagan, – deydi O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari Mirziyod Mahkamov. – 20 foizli QQS ko`rsatilgan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan cheklarga kelsak, tekshirilganda ma`lum bo`ldiki, ular dekabr oyida qayd etilgan. Yanvar oyining boshi dam olish kunlari ekanligini hisobga olsak, yangi tizim endi ishga tushyapti. Endi narx-navo osharkan deya, xavotirlanishimizga hech qanday asos yo`q.

Shuningdek, 2019 yil 1 yanvardan QQSning standart 20 foizlik stavkasi hamda tadbirkorga qulaylik yaratish maqsadida yillik tovar oboroti 1 milliarddan 3 milliardgacha bo`lganlarga soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etilayotganligi qizg`in bahs-munozaralarga sabab bo`ldi.

– Bizning yillik tovar aylanmamiz 1,4 milliard so`m atrofida, – deydi Yozyovon tumanida faoliyat ko`rsatuvchi “Nigora Nizomova” xususiy korxonasi rahbari Muzaffar Abdullaev. – Yangi joriy etilgan tartibga ko`ra, biz yagona soliq to`lovidan umum belgilangan tartibdagi soliqlar to`lashga o`tayapmiz. Demak, biz ham QQS to`lashimiz zarur ekan. 20 foizli stavkani eshitib dastlab, bu holat narxlar oshishiga sabab bo`lmaydimi, degan xayolga borgandim. Bugungi seminardan so`ng fikrim butunlay o`zgardi. Ya`ni, agar tovarlarni olib kelishda 20 foizlik QQS to`lovchi bilan hamkorlik qilsam, men sotayotgan tovardan QQS to`layotganimda hamkorim to`lagan QQS ham hisobga olinar ekan, shuning hisobiga narxlarda hech qanday o`zgarish kuzatilmaydi. Agar hamkorim QQS to`lovchi bo`lmasa, soddalashtirilgan QQS tartibida pasaytirilgan stavkada soliq to`lashim men uchun qulayroqekan.

Shuningdek, vodiyda avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalarida kuzatilayotgan narx oshishiga ham mutasaddilar tomonidan munosabat bildirildi.

– Farg`onada gaz “zapravka”laridagi bosim bilan birgalikda narxlar ham 300-400 so`mga oshirildi degan xabarlarni oldik. Bunga yonilg`iga nisbatan aksiz solig`i joriy etilganligini sabab qilib ko`rsatishayotgan ekan, – deydi Farg`ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Nazirjon Polvonov. – Xabaringiz bor, 2018 yil 1 noyabrdan gaz narxi 11 so`mga oshib, 1900 so`m etib belgilangan edi. Vaholanki, 2019 yil 1 yanvardan benzin, dizel yoqilg`isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqning o`rniga aksiz solig`i joriy qilinishi hisobiga soliq miqdori atigi 55 so`mga oshgan. Shu munosabat bilan, biz kuni kecha viloyatimizdagi gaz “zapravka”lari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazdik va ularga gaz narxini asossiz oshirganliklarini batafsil tushuntirdik. Natijada, metan gaz narxlari 1950 so`mgacha tushirilmoqda.

Tadbirlarda 2019 yil 1 yanvardan boshlab mamlakatimiz soliq tizimiga kiritilgan o`zgarishlar yuzasidan barcha uchun tushunarli, sodda va ko`rgazmali shaklda tayyorlangan infografikalar soliq to`lovchilar ixtiyoriga havola etildi.

Seminarlarda 2019 yil 1 yanvardan hududiy davlat soliq inspeksiyasida QQS to`lovchilar ro`yxati shakllantirilganligi hamda har bir QQS to`lovchiga Boshqarmadan mas`ul xodim biriktirilganligi, bundan tashqari “Soliq-servis” DUKning hududiy filiallari orqali istalgan savolga mutaxassislar tomonidan javob topish mumkinligi alohida qayd etildi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: