Главная » Yangiliklar » FERMER XO`JALIGI UChUN QAY TARTIBDA ER AJRATILADI?
FERMER XO`JALIGI UChUN QAY TARTIBDA ER AJRATILADI?

FERMER XO`JALIGI UChUN QAY TARTIBDA ER AJRATILADI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: FERMER XO`JALIGI UChUN QAY TARTIBDA ER AJRATILADI?
  • Дата релиза: 03-11-17, 20:54
FERMER XO`JALIGI UChUN QAY TARTIBDA ER AJRATILADI?
— Fermer xo`jaligi uchun qay tartibda er ajratilishi haqida batafsil ma`lumot bersangiz.

Rajabboy Berdiev, Samarqand viloyati

O.MUSTAFAEV, O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vaziri o`irnbosari:

— "O`zbekiston Respublikasining "Fermer xo`jaligi to`g`risida"gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq fermer xo`jaligi qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarda va zahira erlarda tashkil etiladi.Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo`jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo`lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo`jaligiga ijaraga beriladigan er uchastkalarining eng kam o`lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg`ona va Xorazm viloyatlaridagisug`oriladigan erlarda kamida 0,3 gektarni, boshqa viloyatlar va Qoraqalpog`iston Respublikasidagi sug`oriladigan erlarda kamida 0,45 gektarni, sug`orilmaydigan (lalmikor) erlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.

Dehqonchilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo`jaliklariga ijaraga beriladigan er uchastkalarining eng kam o`lchami paxtachilik va g`allachilik uchun kamida 30 gektarni, bog`dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni etishtirish uchun kamida 5 gektarni tashkil etadi.

O`zbekiston Respublikasi Er kodeksining 24-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslariga er uchastkasini shartnoma asosida ijaraga berish tuman va shahar hokimlari vakolatiga kiradi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: