Главная » Yangiliklar » ​Feruza Saidova: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” bo`lish xayolimga ham kelmagandi
​Feruza Saidova: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” bo`lish xayolimga ham kelmagandi

​Feruza Saidova: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” bo`lish xayolimga ham kelmagandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Feruza Saidova: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” bo`lish xayolimga ham kelmagandi
  • Дата релиза: 03-05-17, 20:52
​Feruza Saidova: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” bo`lish xayolimga ham kelmagandi
Qirg`izistonning Bishkek shahrida bo`lib o`tgan “Ak ilbirs” mukofoti taqdirlash marosimida “Xazonrezgi” filmdagi obrazi uchun aktrisa Feruza Saidova “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” deb topilgani haqida xabar bergan edik.

“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Xazonrezgi” filmi Qirg`izistonning “Ak ilbirs” milliy mukofotining 3 ta: “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi”, “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktyori", “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” nominasiyalariga qo`yilgandi. “Darakchi” gazetasi jurnalisti Sadoqat Allaberganova film rejissyori Zulfiqor Musoqov va aktrisa Feruza Saidova bilan bog`landi.

14 aprel kuni Bishkekda bo`lib o`tgan taqdirlash marosimida mazkur filmdagi bosh rolni ijro etgan aktrisa Feruza Saidova “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” deya e`tirof etildi.
— Feruza opa, avvalo mukofot bilan tabriklaymiz! Uchta nominasiya orasidan aynan qay biri g`olib bo`ladi, deb o`ylagandingiz?

— “Ak ilbirs” milliy mukofotiga taklif qilishganida, shunchaki mehmon sifatida chaqirilganmiz, deb o`ylagandim. Men uchun mukofotlanishim kutilmagan hodisa bo`ldi. Chunki uchta nominasiyadan “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi” nominasiyasida g`oliblik nasib qiladi, degan xayolda edim. Ochig`i, haligacha anglolmayapman (kuladi). Tabriklar qurshovida qoldim, bunga ham avvaldan tayyor bo`lish kerak ekan.

— Rejissyor Zulfiqor Musoqovning ishtirok etolmaganidan afsuslangandirsiz-a?

— Albatta! Sog`ligi sabab borolmadi. Taqdirlash marosimidagilar buni to`g`ri tushunishdi va ezgu tilaklarni etkazib qo`yishimizni so`rashdi.

— Zulfiqor aka, mehnatingiz samarasi bilan muborakbod etamiz! Taqdirlash marosimida nima sabab qatnasholmadingiz?

— Rahmat! Mukofot nasib qilganidan quvondim, albatta. Qatnashishni juda istagandim, biroq samolyotda uchishga qo`rqqanim bois borolmadim. Shuning uchun sakkiz yildan buyon birorta festivalda ishtirok etolmayapman. “Ak ilbirs” milliy mukofotining taqdirlash marosimiga bosh rol ijrochilari Feruza Saidova va Bahriddin Abdullaev borishdi.

Film haqida: Rejissyor Zulfiqor Musoqov ta`biri bilan aytganda, “Xazonrezgi” muhabbat haqida. Birgina telefon qo`ng`irog`i sokin yashayotgan oila-a`zolarining hayotini ostin-ustin qilib yuboradi. Filmda bosh qahramonlarning hozirgi hayoti va o`tmishi qiyosiy tarzda ko`rsatilgan. Kinokartina davomida ularning ichki dunyosiga alohida to`xtalib o`tilgan. Asosiy mazmun esa oila mustahkamligi, o`zaro ishonch hamda kechirimli bo`lish kerakligi xususida.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: