Главная » Yangiliklar » Filippinda 100 millioninchi fuqaro dunyoga keldi
Filippinda 100 millioninchi fuqaro dunyoga keldi

Filippinda 100 millioninchi fuqaro dunyoga keldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Filippinda 100 millioninchi fuqaro dunyoga keldi
  • Дата релиза: 28-07-14, 21:56
Filippinda 100 millioninchi fuqaro dunyoga keldi
27-iyul, yakshanbaga o‘tar kechasi Maniladagi shifoxonalardan birida 100 millioninchi filippinlik dunyoga keldi. Bu haqda Daily News xabar berdi.

Filippinning mansabdor shaxslari shirinlik, sovg‘alar va maxsus sertifikat bilan Chonelin Sentino deb ism berilgan qizchaning oilasini qutlash uchun tashrif buyurdi.

Ayni damda, aholi soni bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinda turuvchi mazkur mamlakat hukumati aholi yashash darajasini yaxshilash borasida bosh qotirmoqda

Xususan, BMT inson faoliyati bilan bog‘liq fondi (UNFPA)ning Filippindagi vakili Klaus Bek “Aholining nafaqat miqdoriga, balki uning huquq va imkoniyatlariga ham urg‘u berish kerak”, — deb aytdi.

Shuningdek, u aholining 54 foizini 25 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etishini yodga olib, Filippinning yoshlarni ta’lim va ish bilan ta’minlashi lozimligini qayd etdi.
Логин:
Пароль: