Главная » Yangiliklar » Filippinlik qizcha o‘zining dafn marosimida uyg‘ondi
Filippinlik qizcha o‘zining dafn marosimida uyg‘ondi

Filippinlik qizcha o‘zining dafn marosimida uyg‘ondi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Filippinlik qizcha o‘zining dafn marosimida uyg‘ondi
  • Дата релиза: 15-07-14, 14:52
Filippinlik qizcha o‘zining dafn marosimida uyg‘ondi
Filippinlik uch yoshli qiz o‘zining dafn marosimiga tayyorgarlik ketayotganida uyg‘ondi, deb xabar berdi “RIA Novosti” Philippines Star nashriga tayanib

Bezgak bilan og‘riyotgan qizcha 12-iyul, shanba kuni shifokorlar tomonidan o‘ldi, deb qayd etildi. Ertasi kuni unga cherkovda dafn marosimiga tayyorgarlik ketayotganda qo‘shnilardan biri tobutni ochdi va bolaning qimirlayotganini ko‘rdi. Shundan so‘ng qizchaning tomir urishi tekshirildi va uning tirik ekani ma’lum bo‘ldi.

Qizaloqning ota-onasi unga suv berib, shifoxonaga, so‘ng uyga olib bordi. Bu vaqt mobaynida bola harakatsiz holatda bo‘lgan. Hozirda uning qarindoshlari malakali shifokor qidirmoqda.
Логин:
Пароль: