Главная » Yangiliklar » Fransiyaliklarga velosipedda bosib o‘tilgan har bir kilometr uchun pul to‘lanadi
Fransiyaliklarga velosipedda bosib o‘tilgan har bir kilometr uchun pul to‘lanadi

Fransiyaliklarga velosipedda bosib o‘tilgan har bir kilometr uchun pul to‘lanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Fransiyaliklarga velosipedda bosib o‘tilgan har bir kilometr uchun pul to‘lanadi
  • Дата релиза: 07-06-14, 13:47
Fransiyaliklarga velosipedda bosib o‘tilgan har bir kilometr uchun pul to‘lanadi
Fransiyada ishga borishda
velosipeddan foydalanadigan
kishilarni moliyaviy
rag‘batlantirishga asoslangan
yarim yillik tajriba boshlandi.
Reuters xabar berishicha,
bunday aksiyalar Yevropaning
qator davlatlarida fuqarolar
sog‘lig‘ini yaxshilash, yoqilg‘i
iste’molini qisqartirish va havo
ifloslanishini kamaytirish
maqsadida o‘tkazib
kelinmoqda.
Foto: picturesnpoetry.com
Fransiya transport vazirligi
bayonot berishicha,
mamlakatda o‘n ming kishilik
shtatga ega 20 ga yaqin turli
kompaniyalar o‘z xodimlariga
velosipedda bosib o‘tilgan har
bir kilometr yo‘l uchun 25
yevrosent (taxminan 800
so‘m) to‘lashga rozi bo‘lgan.
Fransiya transport vaziri
agarda tajriba muvaffaqiyatli
kechsa, yanada keng ko‘lamli
loyiha o‘tkazishlarini ta’kidladi.
Логин:
Пароль: