Главная » Yangiliklar » FVV: DAM OLISh KUNLARI RESPUBLIKAMIZDA HAVO 0 DARAJAGAChA SOVUShI KUTILMOQDA
FVV: DAM OLISh KUNLARI RESPUBLIKAMIZDA HAVO 0 DARAJAGAChA SOVUShI KUTILMOQDA

FVV: DAM OLISh KUNLARI RESPUBLIKAMIZDA HAVO 0 DARAJAGAChA SOVUShI KUTILMOQDA

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: FVV: DAM OLISh KUNLARI RESPUBLIKAMIZDA HAVO 0 DARAJAGAChA SOVUShI KUTILMOQDA
  • Дата релиза: 27-09-17, 15:32
FVV: DAM OLISh KUNLARI RESPUBLIKAMIZDA HAVO 0 DARAJAGAChA SOVUShI KUTILMOQDA
O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 28-30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari mamlakatimizda kutilayotgan ob-havo to`g`risida ma`lumot berdi.

28-30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi hududiga Qozog`iston Respublikasi va Povolje orqali Evropaning Rossiya qismida (Moskva viloyatida) hosil bo`lgan nam, sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

28-30 sentyabr kunlari Respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`ishi shamol tezligini 15-20 m/s, (55-75 km/soat) gacha kuchayishi kutilmoqda.

28-29 sentyabr kunlari havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliq, 30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari kechasi 3-8 daraja iliq, vaqti-vaqti bilan 0 darajagacha sovushi kutilmoqda.

28-30 sentyabr kunlari Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: