Главная » Yangiliklar » FVV ogohlantiradi: is gazidan ehtiyot bo'ling!
FVV ogohlantiradi: is gazidan ehtiyot bo'ling!

FVV ogohlantiradi: is gazidan ehtiyot bo'ling!

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: FVV ogohlantiradi: is gazidan ehtiyot bo'ling!
  • Дата релиза: 05-01-19, 01:24
FVV ogohlantiradi: is gazidan ehtiyot bo'ling!
Statistik ma`lumotlarga ko`ra, respublikada so`ngi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo`lgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog`liq.

Is gazi organizmga nafas a`zolari orqali ta`sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to`qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og`ir holatlarda esa - anoksiyaga olib kelishi hamda shu tariqa inson hayotdan ko`z yumishi mumkin.

Tahlillarga ko`ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko`ra yuzaga kelmoqda:

- fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg`i (ko`mir, o`tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;

- nostandart (qo`lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo`lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;

- isitish pechlarining dudburonlarini noto`g`ri o`rnatish;

- gaz yoki boshqa muqobil yoqilg`iga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;

- havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko`mir va o`tin cho`g`lari)dan foydalanish;

- havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to`sib) qo`yish.

Yuqorida ko`rsatib o`tilgan sabablarga ko`ra isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg`i (gaz, ko`mir, o`tin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi hosil bo`ladi.

Bunday sabablarning kelib chiqishiga yo`l qo`ymang! Is gazidan zaharlanishdan ogoh bo`ling!

Favqulodda holatlarda quyidagi raqamlarga qo`ng`iroq qiling:

101 - Yong`in xavfsizligi xizmati

103 - Tez tibbiy yordam

104 - Gaz avariya dispetcherlik xizmati

1050 - Qutqaruv xizmati
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: