Главная » Yangiliklar » Gambiya sobiq prezidenti g‘aznadan 11 mln dollar o‘g‘irladi
Gambiya sobiq prezidenti g‘aznadan 11 mln dollar o‘g‘irladi

Gambiya sobiq prezidenti g‘aznadan 11 mln dollar o‘g‘irladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Gambiya sobiq prezidenti g‘aznadan 11 mln dollar o‘g‘irladi
  • Дата релиза: 23-01-17, 12:12
Gambiya sobiq prezidenti g‘aznadan 11 mln dollar o‘g‘irladi
Gambiya sobiq prezidenti Yayya Jamme hokimiyat tepasidagi so‘nggi haftalar davomida g‘aznadan 11,4 milion dollarni o‘g‘irladi va yuk samolyoti orqali qimmatbaho avtomobillarni tashib ketdi. Bu haqda AFP’ga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Gambiya og‘ir moliyaviy ahvolda. G‘azna bo‘shab qolgan. Bu haqiqiy vaziyat”, — dedi yangi prezident Adama Barrouning maslahatchisi Ahmad Fattiy.

G‘aznaning bo‘shligi haqida Barrouning o‘zi ham 19-yanvar kuni, Gambiyaning Senegaldagi elchixonasida lavozimiga kirisha turib aytgan edi.

Fattiyning so‘zlariga ko‘ra, yuk samolyoti Chaddan kelib, Jammening prezidentligi tugashiga bir necha soat qolganida, Gambiyadan turli qimmatbaho buyumlarni, shu jumladan, noma’lum sondagi avtomobillarni olib ketgan. Jammening o‘zi mamlakatni 22-yanvarda tark etgan.Gambiya sobiq prezidenti g‘aznadan 11 mln dollar o‘g‘irladi
Логин:
Пароль: