Главная » Yangiliklar » Germaniya futbolchilari JCh g‘olibligi tantanasi vaqtida Argentina ustidan kuldi
Germaniya futbolchilari JCh g‘olibligi tantanasi vaqtida Argentina ustidan kuldi

Germaniya futbolchilari JCh g‘olibligi tantanasi vaqtida Argentina ustidan kuldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Germaniya futbolchilari JCh g‘olibligi tantanasi vaqtida Argentina ustidan kuldi
  • Дата релиза: 18-07-14, 01:39
Germaniya futbolchilari JCh g‘olibligi tantanasi vaqtida Argentina ustidan kuldi

Germaniya terma jamoasining ba’zi futbolchilari jahon chempionatidagi g‘alaba munosabati bilan uyushtirilgan tantanada Argentina terma jamoasi ustidan kuldi, deb yozadi Uff.uz.

Germaniya terma jamoasi futbolchilari mashhur Brandenburg darvozasi oldida bo‘lib turgan vaqtda Mario Gyotse, Miroslav Kloze, Toni Kroos va Roman Vaydenfellerlar qo‘l ushlashib oldinga yurgan va qo‘shiq kuylagan.

Qo‘shiq so‘zlari esa quyidagicha bo‘lgan — futbolchilar bukchaygan holda yurib: “Gauchoslar (Argentina aholisi) shunday yuradilar”, deya kuylagan. So‘ngra qomatlarini tik tutgancha yurib: “Nemislar esa mana bunday yuradilar”, — deya qo‘shiq aytgan.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati finalida Germaniya Argentinani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Логин:
Пароль: