Главная » Yangiliklar » Germaniyada dunyodagi eng katta “sun’iy quyosh” yaratildi
Germaniyada dunyodagi eng katta “sun’iy quyosh” yaratildi

Germaniyada dunyodagi eng katta “sun’iy quyosh” yaratildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Germaniyada dunyodagi eng katta “sun’iy quyosh” yaratildi
  • Дата релиза: 25-03-17, 11:20
Germaniyada dunyodagi eng katta “sun’iy quyosh” yaratildi
Germaniyalik olimlar dunyodagi eng katta “sun’iy quyosh” — ekologik toza yoqilg‘i ishlab chiqarish uchun zarur intensiv yorug‘lik manbasini yaratdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Projektorlar bilan bog‘liq tajriba Kyoln shahridan 50 kilometr uzoqlikdagi Germaniya aerokoinot markazida o‘tkazilmoqda. Bu yerda olimlar tabiiy yoritishdan 10 ming barobar ko‘p bo‘lgan yorug‘likni jamlagan 149 projektordan iborat qurilmani o‘rnatdi.

Agar barcha lampalarni bir nuqtaga yo‘naltirsa, u yerdagi harorat Selsiy bo‘yicha 3,5 ming darajaga ko‘tarilishi bildirilmoqda.

Tajribadan ko‘zlangan asosiy maqsad vodorod yoqilg‘isi tayyorlash uchun yetarli hajmdagi quyosh energiyasini olish usulini ishlab chiqishdan iborat.

Olimlar lampalar yordamida suv bug‘idan keyinchalik samolyot va avomobillar uchun yoqilg‘i tariqasida foydalanish mumkin bo‘lgan vodorodni ajratib olish niyatida.
Manba:Daryo.uz
Логин:
Пароль: