Главная » Yangiliklar » GM avtomobil xarid qilish uchun ariza berish tartibini tushuntirdi
GM avtomobil xarid qilish uchun ariza berish tartibini tushuntirdi

GM avtomobil xarid qilish uchun ariza berish tartibini tushuntirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: GM avtomobil xarid qilish uchun ariza berish tartibini tushuntirdi
  • Дата релиза: 07-06-17, 18:50
GM avtomobil xarid qilish uchun ariza berish tartibini tushuntirdi
GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida avtomobil xarid qilish uchun ariza berish tartibi haqida ma’lumot e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, avtomobil xarid qilish uchun ariza berish tartibi quyidagicha bo‘ladi:

1. Shartnoma tuzish uchun mijoz dilerga o‘zi kelgan holda yoki portal orqali elektron ariza jo‘natish orqali murojaat etishi mumkin.

2. O‘zi kelgan holatda jismoniy shaxs bo‘lgan mijoz dilerga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

O‘zbekiston fuqarolari uchun — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti va soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (STIR);
chet el fuqarolari uchun – chet el fuqarosi pasporti;
O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — fuqaroligi yo‘q ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma.
3. O‘zi kelgan holatda yuridik shaxs bo‘lgan mijoz dilerga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

avtomobil xarid qilishga ehtiyoji bor ekanligi to‘g‘risida yozma murojaat;
yuridik shaxs rahbarining pasporti nusxasi;
yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
4. Diler mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida avtomobilni xarid qilish to‘g‘risidagi arizani portaldan ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

5. Diler ariza ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng portal tomonidan unga kiritilgan ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risidagi ma’lumotlardan shakllantirilgan arizani chop etadi. Ushbu hujjatda arizaning identifikatsion raqami va avtomatik tarzda generatsiya bo‘ladigan mijozning shartnoma tuzish uchun navbatga turgani to‘g‘risidagi tartib raqami ko‘rsatiladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: