Главная » Yangiliklar » GM Uzbekistan kompaniyasi "Captiva" ishlab chiqarishni to`xtatadi

GM Uzbekistan kompaniyasi "Captiva" ishlab chiqarishni to`xtatadi

“General Motors” kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, “Chevrolet Captiva” avtomobilini “GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig`ish yakunlanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni etkazib berish bo`yicha shartnomalarga arizalarni ro`yxatdan o`tkazish bugundan to`xtatiladi.

“GM Uzbekistan” AJ dilerlik korxonalari bilan birgalikda “Chevrolet Captiva” rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste`molchilar oldida o`zining majburiyatlarini yil oxirigacha to`liq etkazib berilishini ta`minlaydi.

“Chevrolet Captiva” avtomobili O`zbekiston bozoriga kirib kelganiga roppa-rosa 11 yil to`ldi. Ilk bor Captiva avtomobilini O`zbekistonda yirik tarmoqli yig`ish 2007 yilning oktyabr oyidan boshlangan. 2011 yilning sentyabr va 2017 yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli chiqarilgan.
Manba: Darakchi.uz



Новости «GM Uzbekistan kompaniyasi "Captiva" ishlab chiqarishni to`xtatadi»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]