Главная » Yangiliklar » ​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI
  • Дата релиза: 30-09-17, 15:04
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI
GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o`z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo`lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo`lgan xizmat turini taklif etdi.

29 sentyabr kuni kompaniya Yagona savdo portali - Chevrolet.uz ni ishga tushirdi. Bu o`z yo`nalishida yagona bo`lgan xizmat, xaridorga real vaqtda o`zi uchun kerakli bo`lgan avtomobil konfigurasiyasini, ya`ni uning: modelini, rangini, mos keluvchi to`plamini, shuningdek, avtomobilni xarid qilish maqsadida ariza berish uchun eng yaqin avtosalonni tanlash imkonini beradi.

Ariza berishdan avval bo`lajak xaridor o`zi xarid qilmoqchi bo`lgan avtomobil turi to`g`risida barcha ma`lumotlarni vizual formatda olishi mumkin. Ya`ni uning interer va ekstereri, aynan shu to`plamga doir mavjud funksiyalari bilan tanishish va avtomobilni xarid qilishga arizani rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan.

Avtomobil xarid qilishga arizani rasmiylashtirayotgan bo`lajak xaridor, kerakli avtosalonda o`zi uchun aniq modelga buyurtma berishi va shundan so`ng o`zi uchun qulay bo`lgan usulda shartnoma rasmiylashtirishga va pul mablag`larini to`lashga o`z navbati yaqinlashayotganini kuzatib borishi mumkin.

Yangi tizim avtomobil xarid qilishni maksimal darajada qulaylashtirishga va shu bilan bir vaqtning o`zida, avtomobilni xarid qilishning barcha bosqichlarining shaffof bo`lishini ta`minlashga qaratilgan.

GM Uzbekistan yangi portalning ish faoliyatini takomillashtirish bo`yicha ishlarni davom ettiradi. Keyingi qadam ushbu saytning mobil ilovasini ishlab chiqish va mijozlar uchun sifatli yangi funksiyalarni qo`shib borish bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: