Главная » Yangiliklar » ​GO`ShT NARXINING OShIShI SABABLARI MA`LUM QILINDI
​GO`ShT NARXINING OShIShI SABABLARI MA`LUM QILINDI

​GO`ShT NARXINING OShIShI SABABLARI MA`LUM QILINDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​GO`ShT NARXINING OShIShI SABABLARI MA`LUM QILINDI
  • Дата релиза: 13-07-17, 15:50
​GO`ShT NARXINING OShIShI SABABLARI MA`LUM QILINDI
Bugungi kunda keng muhokamalarga sabab bo`layotgan go`sht narxi oshishi bilan bog`liq sabablarga “Darakchi” va “Darakchi plyus” nashri oydinlik kiritishga qaror qildi.

Respublika bo`ylab bu holatning kuzatilishiga sabab nima? Jurnalist poytaxt dehqon bozorlarida surishtiruv o`tkazdi.

Surishtiruvda ma`lum bo`lishicha, Chorsu dehqon bozorida laxm go`shtlarning narxi 1 kg. uchun 35 000 so`mdan 36 000 so`mgacha, suyakli go`shtlar esa 28 000 so`mdan 30 000 so`mgacha sotilyapti. Ma`lumot uchun: o`tgan oyda ayni shu turdagi, ya`ni suyaksiz laxm go`sht 28 000, suyaklisi esa 25 000 so`mdan xaridorlarga etkazilgan. O`rtadagi tafovutni o`zingiz hisoblayvering.

Surishtiruv jarayonida boshqa go`sht mahsulotlarning narxida ham xuddi shunday o`sish borligiga guvoh bo`lindi: masalan, suyaksiz ot go`shti 1 kg. uchun 25.000 30.000 gacha; jigar 20.000 22.000 gacha; qazi 52.000 (xomi ham, tayyori ham); qiyma 20.000 so`mdan 25.000 so`mgacha... Bu narxlar ham o`tgan oydagiga nisbatan turiga qarab kamida 3000 so`mgacha o`sgan.

“Qo`yliq” dehqon bozoridagi surishtiruvda ham xuddi shunday narxlardagi o`sishga guvoh bo`ldik: bu erda ham laxm go`shtlar 30 000 so`mdan 32 000 so`mgacha narxda sotilmoqda. Sotuvchining ta`kidicha, o`tgan oyda ayni shu turdagi go`shtlar 25 000 so`mdan 28 000 so`mgacha xaridorlarga etkazilgan.

Qassoblarning qayd etishicha, narxlardagi bunday o`zgarishlarga viloyatlardan mol olib kirish qiyin bo`layotgani, chorva mollari uchun em-xashaklarning narxi ham ko`tarilgani ularning go`shtga nisbatan shunday narx qo`yishiga sabab ekan. Shuningdek, go`shtlar sifatiga qarab ham narxlanadi, deydi qo`shimcha izoh berib sotuvchi.

Katta savdo markazlarda laxm mol go`shti 1 kg. 39.490 dan 39.990 gacha, qo`y go`shtiniki esa 1 kg. uchun 28.000 31.990 gacha narxda savdoga qo`yilgan.

Go`sht narxi nimaga oshayotgani haqidagi savol bilan «O`zbekoziqovqatxolding»ga murojaat qilindi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida go`sht narxi talab va taklif, shuningdek uni ishlab chiqarish harajatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Shu munosabat bilan bozorda go`sht narxi ishlab chiqaruvchilar (xo`jalik sub`ektlar) tomonidan belgilanadi – deyiladi tashkilot javobida.

Narx oshishiga olib kelayotgan omillar orasida quyidagilar keltiriladi:

Mavsumiy omillar. Aksariyat chorva mollari shaxsiy tomorqalarda ekanligini inobatga olib, bahorda mollar yaylovlarga yuboriladi. Mollarning ozg`inligi bois uni so`yish kamayadi. Natijada go`shtning xarid narxi oshib ketadi.

Em narxining oshishi. Ozuqa mahsulotlarining bahosi qimmatligi ham go`sht narxi oshishiga olib keladi.

O`zbekiston Respublikasi Tovar xoma ashyo birjasining joriy yil 15 iyun ma`lumotlariga ko`ra, omuxta emga 2017 yil 5-9 iyunda belgilangan narxlar 1 tonna uchun 556 624 so`mni tashkil etmoqda. Demak, 1 kg. omuxta emning narxi 556 so`m, ya`ni o`sish kuzatilgan. Kunjara, ya`ni paxta chigiti shrotining narxi ham joriy yil 5-9-iyun sanalarida 1 tonna uchun 971 499 so`m qilib belgilangan. Bu 1 kg. uchun 971 so`m degani.

Bu ozuqa mahsuloti esa arzonlashgani qayd etilgan. Arpaning narxi xuddi shu davrlar uchun 1 tonnaga 595 404 so`m belgilangani holda, bunda ham narxning arzonlashgani ko`rsatilgan. Ushbu ma`lumotlar bilan tanishgach, Tovar xom-ashyo birjasi belgilagan narxlar joylarda ham xuddi shu miqdorda amal qilyaptimi, degan savolga javob topishga urindik.

Surishtiruvimizdan ma`lum bo`lishicha, joylarda 1 kg. omuxta emning o`rtacha narxi 1800 so`m, kunjaraniki 2200 so`m, arpaniki esa 1200 so`m ekan. Davlat belgilangan va chorvador xarid qilayotgan haqiqiy narxlar o`rtasidagi tafovutni anglash uchun u qadar katta savod talab qilinmaydi, bizningcha. Ehtimol, bugun bizni o`ylantirgan muammoning ildizi ayni shu tafovutdadir balki.

Narxning oshishiga sabab bo`layotgan yana bir omilni ham qayd etish lozim. Yaqingacha O`zbekistonda go`sht eksporti taqiq ostida bo`lgan bo`lsa, bugun Prezidentning “Mahsulotlar eksportini rag`batlantirish qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni bilan go`sht va go`sht mahsulotlarini chetga olib chiqish imkoni paydo bo`lgan. Ayni damda tovuq go`shtini eksporti bo`yicha Qaror loyihasi tayyorlanmoqda. Shu munosabat bilan ushbu mahsulotning ham narxi oshishi ehtimoldan holi emas.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: