Главная » Yangiliklar » ​Gulsanam Mamazoitova o`ziga Ozodbek Nazarbekovdan boshqa munosib duetdosh kimligini aytdi
​Gulsanam Mamazoitova o`ziga Ozodbek Nazarbekovdan boshqa munosib duetdosh kimligini aytdi

​Gulsanam Mamazoitova o`ziga Ozodbek Nazarbekovdan boshqa munosib duetdosh kimligini aytdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Gulsanam Mamazoitova o`ziga Ozodbek Nazarbekovdan boshqa munosib duetdosh kimligini aytdi
  • Дата релиза: 01-05-17, 22:00
​Gulsanam Mamazoitova o`ziga Ozodbek Nazarbekovdan boshqa munosib duetdosh kimligini aytdi
Gulsanam Mamazoitovaga O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovdan boshqa munosib duetdosh...

“Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasining galdagi qahramoni san`atda o`z o`rni va “men”iga ega ijodkor, O`zbekiston xalq artisti Gulsanam MAMAZOITOVA...

1. O`zbekiston xalq artisti Ma`mura Ergasheva va Sug`diyona Isroilovadan tahsil olgansiz. Farg`onadagi san`at kollejida o`qib yurgan kezlaringiz, raqs guruhingiz ham bo`lgan. Nega raqs san`atini professional darajada davom ettirmagansiz?

— Qo`shiq kuylashni erta boshlaganim uchun o`smirlikka o`tish vaqtida ovoz o`zgarish — mutasiya vaqti bo`lgan. Bu davrda vaqtincha qo`shiq kuylamaslik kerak. “Bo`sh qolmasin”, degan maqsadda onam meni raqs to`garagiga berganlar. Uch-to`rt yil raqs bilan shug`ullandim, ustoz ko`rdim. Raqs bilan professional shug`ullanish istagi bo`lmagan, bo`sh vaqtni to`ldirish uchun xizmat qilgan, xolos.

2. Ko`plab xonandalar “Ajab-ajab”, “Xorazmning lazgisi” kabi qo`shiqlaringizni to`ylarda kuylashadi. Siz-chi, hamkasblaringizning qo`shig`ini kuylashni o`zingizga ep ko`rasizmi?

— Asosan ustoz san`atkorlar tomonidan ijro etilgan klassik, xalqona yo`nalishdagi qo`shiqlarni kuylayman. Agar zamondosh hamkasblarimning sevib tinglanadigan qo`shiqlaridan so`rashsa, imkon boricha kuylab beraman.

3. Sizningcha, yillar o`tib, Gulsanam

Mamazoitova qaysi qo`shig`i bilan tarixda qolarkin?

— Vatanparvarlik mavzusidagi, folklor yo`nalishdagi va albatta, sokin qo`shiqlarim esda qolishiga umid qilaman. Chunki muxlislar bu qo`shiqlarimni sevib tinglaganiga ko`p bor guvoh bo`lganman.

4. “Dunyo “yulduz”lari, ustozlarning o`g`irlanmagan qo`shiqlarini tinglab, ulg`ayganman”, degandingiz. Yoshlarbop yo`nalishdagi “Aldama mani” qo`shig`ingiz iliq qarshi olindi. Biroq klipmeykerlar sizni alda­gan­­ ko`rinadi? Arabistonlik mashhur xonanda Saad Lamjarredning “Lamaallem” qo`shig`i klipini shundoqqina ko`chirib berishgan...

— To`g`ri, qo`shiq emas, klip o`g`irlangan. Aslida shu klipga o`xshashini o`zim istaganman. Sababi, internet orqali ko`p ko`rilgan klip bo`lganligi, qolaversa, ranglar uyg`unligi, ko`tarinki kayfiyat baxsh eta oladigan bo`lgani uchun “Muallim” klipini ko`chirdik.

5. “Jonli ijroda kuylash qahramonlik emas”, deyishadi. Ammo, jonli ijroda konsert berishingiz e`tirofga loyiq. Bu qarorga kelishingiz “O`zbekiston xalq artisti” unvonining “yuk”i bosganidanmasmi?

— Albatta! Mehnating e`tirof etilib, berilgan yuksak mukofot uchun, albatta, munosib javob ham bera olish kerak. Davlat mukofotining mas`uliyati juda katta. Bu ishonchni oqlash uchun umrimizning oxirigacha nafaqat jonli ijroda kuylash, jonni fido qilish ham kam.

6. “Hayotda kalondimog` bo`lgandan, sahnada shunday ko`ringan yaxshi”, degandingiz. Bu muxlislarni­ sizga bo`lgan ixlosini so`ndirib qo`ymasmikan? “Mux­lislarga keraksiz bo`lib, nazardan qolishdan qo`r­qa­man”, degandingiz axir...

— Yo`q, ixlos so`nmaydi, menimcha. Boisi, tomoshabinlarimiz juda madaniyatli. Sahnaning o`z qonun-qoidasi, majburiyatlari borligini tushunishadi. Shuningdek, ayrim hamkasblarimning sahnadagi samimiyligi, tabassumi, bu — niqob. Ular hayotda mutlaqo boshqa odam. Hatto, ba`zida o`zimning yuzimga boshqa, orqamdan boshqa gap aytishganiga guvoh bo`lganman. Siz ta`kidlagan fikrni shuni inobatga olgan holda aytganman, boshqa ma`noda emas.

7. Gulsanam Mamazoitovaga O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovdan boshqa munosib duetdosh...

— Akam Otabek Muhammadzohid!

8. “Yulduzcha” ko`rsatuvidagi hay`at a`zolarining ishtirokchi bolalarga keskin javob qaytarishi ijtimoiy tarmoqlarda yaxshigina muhokamalarga sabab bo`ldi. Siz ham hay`at a`zolaridan biri edingiz...

— To`g`ri. Ustozlar tomonidan berilgan ta`riflar bu shunchaki gap emasdi. San`at juda murakkab soha. Yuksak iqtidor va mahorat talab etiladi. Keskin fikrlar shu taraflarni inobatga olgan holda aytilgan.

9. Bir hamkasbingizning sizga nisbatan tanqidi ham muxlislar diqqat markazida bo`lgandi. Siz tomondan munosib tarzda berilgan javob, “Birov sizdan kamchilik izlab, dilingizga ozor etkazmoqchi bo`lsa, xursand bo`ling. Demak, siz undan omadlisiz”, degan gapingiz isbotidir-a?

— Tanqidni qabul qilaman, agar u o`rinli bo`lsa.

10. Maxsus savol! Farhod Saidov, “Sarbon” guruhi yakkaxoni

— Rok yo`nalishidagi qo`shiqchi bo`lganingizda o`zingizni qanday ko`­ri­nishda tasavvur qi­lar­din­giz?

— Milliy matodan tikilgan rokerlar libosida yakka-yu yagona bo`lib, rok kuylardim (miriqib kuladi).

Sadoqat ALLABERGANOVA suhbatlashdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: