Главная » Yangiliklar » ​Haftaning har chorshanba kuni "Yong`inlar profilaktikasi kuni" deb belgilandi
​Haftaning har chorshanba kuni

​Haftaning har chorshanba kuni "Yong`inlar profilaktikasi kuni" deb belgilandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Haftaning har chorshanba kuni "Yong`inlar profilaktikasi kuni" deb belgilandi
  • Дата релиза: 24-05-17, 11:35
​Haftaning har chorshanba kuni "Yong`inlar profilaktikasi kuni" deb belgilandi
Ichki ishlar organlari yong`in xavfsizligi bo`linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi. Qarorning to`liq matni O`zAda e`lon qilindi.

Ushbu hujjatga muvofiq yong`in xavfsizligini barcha darajada ta`minlashga doir faoliyatni takomillashtirish maqsadida:

davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ularga qarashli ob`ektlar va hududlarda yong`in xavfsizligi talablariga rioya etish bo`yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi;

yuqorida qayd etilgan mansabdor shaxslar har chorakda o`zlariga qarashli ob`ekt va hududlardagi yong`inga qarshi holatni tanqidiy tahlil qilishi zarurligi belgilandi.

Qarorda haftaning har chorshanba kuni "Yong`inlar profilaktikasi kuni" deb belgilandi va Davlat yong`in xavfsizligi xizmatiga quyidagi asosiy vazifalar yuklandi:

barcha darajadagi hokimlar bilan birgalikda yuz bergan katta yong`inlar sabablari va ularning paydo bo`lishiga olib kelgan sharoitlarni chuqur va tanqidiy tahlil qilish va ushbu tahlil yakunlari bo`yicha yong`inlarning oldini olishga qaratilgan "Yo`l xaritalari" tasdiqlanadi;

davlat ahamiyatiga ega alohida ob`ektlarda yong`in xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek, yong`in-taktik o`quv mashg`ulotlar va ushbu ob`ektlar rahbarlari o`rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishga doir kompleks tadbirlar o`tkazish;

markaziy va viloyat telekanallarida yong`inlar bilan bog`liq hodisalarni yoritish bo`yicha maxsus axborot ko`rsatuvlarini, shuningdek, yong`in sodir bo`lgan joylardan va ularni bartaraf etish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar haqida tezkor reportajlar tayyorlab efirga uzatish.

Mazkur qarorga binoan Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari huzurida yong`in xavfsizligi bo`yicha komissiyalar tashkil etilishini alohida ta`kidlash zarur.

Yong`in xavfsizligini ta`minlash, yong`in sodir bo`lishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, yong`inlarning oldini olish sohasida davlat organlari, tadbirkorlik sub`ektlari va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, qishloq joylarda va olis aholi punktlarida ko`ngilli yong`in bo`linmalarini tashkil qilishga ko`maklashish va ularni moddiy va ijtimoiy rag`batlantirish komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: