Главная » Yangiliklar » Ham navigator, ham pult vazifasini bajaruvchi kurtkalar yaratildi
Ham navigator, ham pult vazifasini bajaruvchi kurtkalar yaratildi

Ham navigator, ham pult vazifasini bajaruvchi kurtkalar yaratildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ham navigator, ham pult vazifasini bajaruvchi kurtkalar yaratildi
  • Дата релиза: 10-04-17, 15:56
Ham navigator, ham pult vazifasini bajaruvchi kurtkalar yaratildi
Google va Levi’s aqlli "kurtka”lar ishlab chiqarishmoqda. Hozirda foydalanilayotgan elektron uskunalar — bu kechagi kun. Bugunga kelib hatto "aqlli elektron" kiyim ham yaratilmoqda!

Sizning kurtkangiz bir vaqtning o`zida ham jismoniy harakatingizni belgilovchi navigator, ham audoipleer boshqarish uchun pult va hattoki, smartfonlar uchun to`la biriktirilgan funksiyalar jamlanmasi vazifasini bajarishini xohlaysizmi?

Taniqli kiyimlar ishlab chiqaruvchi LEVI’S va Google ATAP kompaniyalari hamkorlikda “yangi zamonaviy” kiyim yaratishdi. Mazkur kurtka hamma joylari elektron qurilmalar bilan o`ralgan. Sezgir elektron uskunadan tikilgan bo`lib, odatiy harakatlar bilan kiyimni tashqi ta`sir va foydalanuvchining buyrug`i orqali smartfonda ham turli vazifalarni bajara oladi. Masalan, tirband yo`llar haqida oldindan ma`lumot berish, ob-havoni keskin o`zgarishidan boxabar qilish, yaqin joyda joylashgan restoran va boshqa turli maskanlarni aniqlash kabi. Yoki eng oddiy funksiyasi: tinglanayotgan musiqani boshqasiga o`tkazish. Mutaxassislarning aytishicha, kurtkani shu yilning kuz oyidan boshlab xarid kilish mumkin. Aslida mutaxassislar va ishlab chiqaruvchilar mazkur kurtkani oldinroq sotuvga chiqarishni rejalashtirishgan. Ammo kiyim ishlab chiqaruvchi kompaniyalar loyihani to`la tugallanmaganliklari sababli sotuv muddati kechiktirildi. Eng qizig`i, bu turdagi kurtkalarni ham odatdagilari kabi yuvish, tozalash va hattoki quritish mumkin.
Manba:Darakchi.uz
Логин:
Пароль: