Главная » Yangiliklar » *Hamroh*ning kinoteatrlardagi namoyishi qachondan boshlanishi ma'lum bo`'di
*Hamroh*ning kinoteatrlardagi namoyishi qachondan boshlanishi ma'lum bo`'di

*Hamroh*ning kinoteatrlardagi namoyishi qachondan boshlanishi ma'lum bo`'di

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: *Hamroh*ning kinoteatrlardagi namoyishi qachondan boshlanishi ma'lum bo`'di
  • Дата релиза: 24-03-17, 16:51
*Hamroh*ning kinoteatrlardagi namoyishi qachondan boshlanishi ma'lum bo`'di
Alisher Navoiy nomli kinosaroyida triller, drama janrida suratga olingan “Hamroh” filmining jurnalistlar uchun yopiq taqdimoti bo`lib o`tgani haqida xabar bergandik.

Yil filmi nomiga da`vogarlik qilayotgan postanovkachi rejissyor va ssenariy muallifi Akrom Shohnazarovning filmi 10 apreldan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etilishi ma`lum qilindi.

Psixologik drama janrida suratga olingan film inson va ruh o`rtasidagi sirli munosabatlar voqeasiga asoslanadi.

Aktrisa Yulduz Rajabova gavdalantirgan ruh bilan muloqotga kirishgan Adiz Rajabov obrazi tomoshabinga psixologik ta`sir o`tkazib, uni birgalikda his etishni uddasidan chiqqan. Filmda aktyor Adiz Rajabovni yangidan kashf qilish mumkin. Uning ruhiy kechinmalari hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi.

Film operatori Rustam Meliev, postanovkachi rassom Alisher To`liboev. “Hamroh” Buxoro shahri, Jizzah viloyati hamda Toshkent shahrida 90 kun davomida 45 kun ichida suratga olingan.

Filmda bosh rollarni Yulduz Rajabova, Adiz Rajabov, Lola Eltoeva hamda Karim Mirhodievlar ijro etishgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: