Главная » Yangiliklar » ​Har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasi o`rnatiladi
​Har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasi o`rnatiladi

​Har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasi o`rnatiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasi o`rnatiladi
  • Дата релиза: 18-05-17, 17:43
​Har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasi o`rnatiladi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Germaniyadan keltirilgan 1,95 mln.evrolik original ehtiyot qismlar jamiyatning “Toshavtota`mirxizmat” UK tomonidan qabul qilib olingani va ushbu ehtiyot qismlarni uzoq muddatdan buyon to`xtab turgan avtobuslarga qo`yib, yo`nalishlarda harakat muntazamligini ko`tarish bo`yicha korxona rahbarlariga va mutasaddi xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari har bir avtobusga haydovchiga quyosh nurining to`g`ridan-to`g`ri tushishini oldini oladigan hamda ko`rinishini cheklamaydigan maxsus soyabon (parda) o`rnatish, kunning jazirama kunlarida yo`lovchilarga va haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir avtobusga 3 tadan ventilyator moslamasini o`rnatish bo`yicha avtokorxona rahbarlari mutasaddi xodimlarga vazifalar berdi.

“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.Xolmatov tomonidan yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish hamda shahar yo`lovchi transportining ishini yanada yaxshilash, boshqaruv va ish olib borish tizimini tubdan o`zgartirish, sohani rivojlantirish bo`yicha har bir xodim fidoyilik, halollik va sadoqat bilan mehnat qilishi lozimligini ta`kidladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: