Главная » Yangiliklar » HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChI YO`LLANMA BILAN TEKIN DAVOLANADIMI?
HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChI YO`LLANMA BILAN TEKIN DAVOLANADIMI?

HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChI YO`LLANMA BILAN TEKIN DAVOLANADIMI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChI YO`LLANMA BILAN TEKIN DAVOLANADIMI?
  • Дата релиза: 21-10-17, 11:38
HARBIY XIZMATGA ChAQIRILUVChI YO`LLANMA BILAN TEKIN DAVOLANADIMI?
— Harbiy xizmatga chaqiriluvchiga tibbiy ko`rikdan o`tayotgan paytda aniqlangan kasalligi bo`yicha davolanishda imtiyozlar bormi? Agar tibbiy ko`rik paytida yo`llanma berilgan bo`lsa...

Zuhra Qobilova, Toshkent viloyati Bo`ka tumani

Nosir FOZILOV, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Tibbiy xizmat podpolkovnigi:

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yildagi "O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ypysh va tinchlik davrida tibbiy guvohlantirish to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 95-son Qarori talablariga ko`ra, chaqiriluvchi ikkinchi bosqichda tibbiy ko`rikdan o`tayotganda (viloyat yoki shahar mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi doimiy faoliyat yurituvchi tibbiy komissiyadan) biron-bir kasallik bo`yicha bahs talab holat yuzaga kelsa, viloyat yoki shahar mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolangan yo`llanma bilan Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy-tibbiy komissiyaga yuboriladi.
Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy-tibbiy komissiyasida (Mudofaa vazir­ligi Markaziy harbiy klinik gospitali bosh mutaxassislari bilan birgalikda) chaqiriluvchi tibbiy tekshiruvdan bepul o`tkaziladi. Chaqiriluvchilarniig Mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy davolash muassasalarida imtiyozli davolanishlari ko`zda tutilmagan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: