Главная » Yangiliklar » Harbiy xizmatga to`lanadigan badal puli miqdori kamaytirildi
Harbiy xizmatga to`lanadigan badal puli miqdori kamaytirildi

Harbiy xizmatga to`lanadigan badal puli miqdori kamaytirildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Harbiy xizmatga to`lanadigan badal puli miqdori kamaytirildi
  • Дата релиза: 04-02-18, 18:18
Harbiy xizmatga to`lanadigan badal puli miqdori kamaytirildi
O`zbekiston Prezidentining 2018 yilning 2 fevraldagi farmoniga muvofiq, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga to`lanadigan pul badali 5 fevraldan boshlab eng kam oylik ish haqining 20 barobari (3 fevral holatiga ko`ra, 3 444 800 so`m) etib belgilandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bunga qadar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga to`lanadigan pul badali eng kam oylik ish haqining 27,5 barobari (3 fevral holatiga ko`ra, 4 736 600 so`m)ni tashkil etardi.

Joriy yilning fevral mart oylarida tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga o`tkaziladigan chaqiruv yoshidagi fuqarolar yangidan belgilangan miqdor bo`yicha shartnomalar imzolab, pul badalini to`lashlari mumkin.

Eslatib o`tamiz, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida»gi qonunga asosan, 2003 yildan boshlab chaqiruv yoshidagi fuqarolar uchun harbiy xizmat turi sifatida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat joriy etilgan.

Unga muvofiq, muddatli harbiy xizmatni o`tashga yaroqli, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo`lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig`inlar tarzida tashkil etilgan bo`lib, chaqiriluvchilar tomonidan maxsus hisob raqamga pul badali kiritilishini nazarda tutadi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yildagi «O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga asosan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadigan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga to`lanadigan pul badallarining to`lanish tartibi va shartlari Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv davrida chaqiriluvchi va Mudofaa vazirligi nomidan hududiy mudofaa ishlari bo`limi boshlig`i o`rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olingan chaqiriluvchilar tomonidan pul badallari, ularni safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinganidan keyin bir yil mobaynida Xalq banki orqali to`lanadi. Tomonlarning kelishuviga ko`ra, to`lov to`liq hajmda bir yo`la yoki bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: