Главная » Yangiliklar » ​Hasanboy Do`smatov hayoti haqida film suratga olinmoqda
​Hasanboy Do`smatov hayoti haqida film suratga olinmoqda

​Hasanboy Do`smatov hayoti haqida film suratga olinmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Hasanboy Do`smatov hayoti haqida film suratga olinmoqda
  • Дата релиза: 11-05-17, 11:24
​Hasanboy Do`smatov hayoti haqida film suratga olinmoqda
Uzoq kutilgan serial “Mehmonxona”ni sentyabr oyida efirga berishni reja qilgan rejissyor Akrom Isoqov O`zbekiston boks federasiyasi va Rossiya, Qozog`iston, Amerika kinoijodkorlari hamkorligida boks hayotiga bag`ishlangan filmning tayyorgarlik ishlarini boshladi...

Film haqida: Yurtimizda sportga qaratilayotgan e`tibor, yoshlarning ham aqlan, ham jismonan etuk bo`lishga intilishi va albatta, olimpiada chempionlarining hayoti, faoliyati yoritiladi. Chempionlikkacha bo`lgan yo`ldagi to`siqlar, ularni engib o`tish, qisqasi bari real voqealarga asoslangan. Bosh rol ijrochisi - Olimpiada chempioni, turnirning eng yaxshi bokschisiga beriladigan Vel Barker kubogi sohibi Hasanboy Do`stmatov.

— Nega aynan boks mavzusidagi filmga qo`l urdingiz?

— Hozir ko`pgina yoshlardan Muhammadqodir Abdullaev kimligini so`rasangiz, “Kim u?” degan javobni olasiz. Vaholanki, bu sportchi – birinchi olimpiada chempioni! Vaqtida u haqida etarlicha filmlar qilinmagan. Aytmoqchi bo`lganim, film qilishga arzigulik zamonamiz qahramonlari ko`p, lekin negadir e`tiborsiz qolib ketaveradi. Shu bois olimpiada chempionlarining mashaqqatli mehnatlarini film orqali tarixga muhrlamoqchiman.

Bilasizmi?
Filmda bosh rollarni Karim Mirxodiev, Behzod Muhammadkarimov, Farhod Mahmudov, Javohir Zokirov, Hasanboy Do`smatov, Shahram G`iyosov kabi ko`plab professional o`zbek va xorij aktyorlar va sport ustalarini ko`rishingiz mumkin.
Filmning ishchi nomi “Chempion”.
O`ziga xos dalillar:

Ssenariy O`zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorligida yozilyapti.
Suratga olish ishlari kuzda boshlanadi.
Suratga olish ishlari 1 yil davom etadi.
Suratga olishning 50 foizi O`zbekiston va 50 foizi xorijda o`tadi.
Professional aktyorlar 3 oy davomida boks murabbiyidan dars oladi.
Premera 2018 yil yakunida.
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi
Manba Darakchi.uz
Логин:
Пароль: