Главная » Yangiliklar » Haydovchilar diqqatiga: qoidabuzarlarga qat`iy choralar ko`rilmoqda
Haydovchilar diqqatiga: qoidabuzarlarga qat`iy choralar ko`rilmoqda

Haydovchilar diqqatiga: qoidabuzarlarga qat`iy choralar ko`rilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Haydovchilar diqqatiga: qoidabuzarlarga qat`iy choralar ko`rilmoqda
  • Дата релиза: 06-03-18, 09:14
Haydovchilar diqqatiga: qoidabuzarlarga qat`iy choralar ko`rilmoqda
O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati 26 fevral – 4 mart kunlari respublika avtomobil yo`llarida 106 yo`l-transport hodisasi sodir etilib, natijada shuncha fuqaro turli darajada tan jarohati olgani haqida xabar berdi.

Unda shuningdek, o`tgan hafta yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 94 ming 560 qoidabuzarliklar aniqlangani aytilgan. Ularning 45 ming 400 ga yaqini qo`pol qoidabuzarliklar toifasiga kiradi. Jumladan, 1 ming 720 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 13 ming 705 holatda belgilangan tezlik talablariga rioya etilmagan, 1 ming 150 ga yaqin vaziyatda svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasi buzilgan.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 220 nafar, harakat vaqtida telefondan foydalangan 964 nafar va xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 18 ming 712 nafar haydovchi to`xtatilgan. Qoidabuzarlarga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko`rilgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: