Главная » Yangiliklar » ​HAYDOVChINING PIYoDALAR YO`LAGIDAN YuRIShGA HAQQI BORMI?
​HAYDOVChINING PIYoDALAR YO`LAGIDAN YuRIShGA HAQQI BORMI?

​HAYDOVChINING PIYoDALAR YO`LAGIDAN YuRIShGA HAQQI BORMI?

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​HAYDOVChINING PIYoDALAR YO`LAGIDAN YuRIShGA HAQQI BORMI?
  • Дата релиза: 01-10-17, 14:34
​HAYDOVChINING PIYoDALAR YO`LAGIDAN YuRIShGA HAQQI BORMI?
PIYoDALAR YO`LAGIDAN YuRGAN HAYDOVChIGA QANDAY ChORA KO`RILADI?

Ko`p kvartirali uy hovlisi hududidan chiqayotgan avtomobil haydovchisi ko`lmakka yaqinlashganda tezlikni kamaytirmaganligi sabab boshimdan oyog`imgacha loy sachratdi. Bundan tashqari ko`p mashinalar piyodalar yo`lkasidan yuradi. Shu kabi holatlarda qanday choralar qo`llaniladi?

Farruxjon Fayziev, huquqshunos:

— Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 128-moddasiga binoan, haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo`lkalaridan yurgizishi, yo`l belgilari yoki yo`lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo`yilgan talablarga rioya etmasligi (MJtKning 128-3, 128-5, 128-6 va 130-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), odam tashish, transport vositalarini quvib o`tish, yo`nalishli transport vositalari to`xtaydigan bekatlardan yoki piyodalar o`tish joylaridan yurish, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishi, xuddi shuningdek yo`lovchilarga loyqa sachratishi singari huquqbuzarliklar eng kam ish іaєining 0,5 baravari (74887,5 so`m) miєdorida jarima solishga sabab bo`ladi.

Agar haydovchi xuddi shunday huquqbuzarlikni ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etsa, unga EKIHning 1 baravari (149 775 so`m) miqdorida jarima solinadi.

Haydovchi 2 marta jazo qo`llanilganidan keyin qoidalarga rioya etishni yana unutib qo`ysa, jarima summasi EKIHning 3 baravarigacha oshadi.

Mas`uliyatni tushunmagan haydovchilarning xuddi shunday huquqbuzarlikni muntazam (3 marta va undan ortiq) sodir etishi EKIHning 4 baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etilishiga sabab bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: