Главная » Yangiliklar » Hayit kuni qanday belgilanadi
Hayit kuni qanday belgilanadi

Hayit kuni qanday belgilanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Hayit kuni qanday belgilanadi
  • Дата релиза: 27-07-14, 18:00
Hayit kuni qanday belgilanadi
Hayit kunlarining turli mamlakatlarda bir necha kun bilan farq bilan nishonlanishining sababini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning axborot xizmati tushuntirib berdi.

Buning asosiy sabablaridan biri, mamlakatlarning geografik joylashuviga ko‘ra, yangi chiqqan oyni ko‘rish bir kunga farq qilishidir. Shuning uchun har bir o‘lkaning mazkur masaladagi mutasaddilarining ilmiylikka asoslangan xulosalari e’tiborga olinadi.

Janob Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ning: “Yangi oy hilolini ko‘rib ro‘za tutinglar, kelasi oy hilolini ko‘rib ro‘zani to‘xtatinglar!” — degan hadisi shariflarini ham yodga olish zarur. Yangi oyning hiloli barcha mamlakatda ham oddiy ko‘zga ko‘rinmaydi. Hadisi sharifning davomida: “havo bulut bo‘lib, hilol ko‘rinmasa ramazon oyining birinchi kunini oldingi oy — Sha’bon oyiga o‘tkazib, uni 30 kun qilib ro‘zani 29 kun tutinglar”, — deyilgan.

Bundan tashqari, Quyosh va Oyning chiqishi va botishi, kecha va kunduzning uzun-qisqaligi, ob-havoning tez o‘zgarib turishi va iqlimlarning o‘zaro farq qilishi hamda mazkur hadisi sharif ko‘rsatmalarini inobatga olib, Imom Abu Bakr Kosoniyning “Badoye as-sanoye” asarida ko‘rsatilgandek, har bir mamlakat o‘zining iqlimiga binoan ro‘za va hayit kunlarini belgilashi joiz.

O‘zbekistonda hanafiy mazhabi ta’limotlari asosida ro‘za, asosan, 30 kun bo‘lishi ko‘p kuzatilgan. Binobarin, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chiqarilayotgan taqvimlar O‘zR FA Astronomiya instituti tadqiqotlari asosida, ro‘za va hayit kunlari Ulamolar kengashi tomonidan belgilab e’lon qilinadi. Mazkur e’lonlarga amal qilish shar’an vojibdir.
Логин:
Пароль: