Главная » Yangiliklar » Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?

Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?

Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonuniga asosan ish stajiga ega bo`lmagan fuqarolar va ularning oilalari davlat pensiyalari olish huquqiga ega emaslar. Ularning ijtimoiy ta`minlanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun zarur bo`lgan ish stajiga ega bo`lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida nizomga asosan ish stajiga ega bo`lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga etgan farzandlari, qarindoshlari yoki Oila kodeksiga muvofiq ularni ta`minlashga majbur bo`lgan boshqa shaxslar bo`lmagan taqdirda tayinlanadi.
Manba: Darakchi.uz



Новости «Hech qayerda ishlamagan shaxslar ham pensiyaga chiqishi mumkinmi?»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]