Главная » Yangiliklar » Hillari Klintonning qizi o‘g‘il farzand ko‘rdi
Hillari Klintonning qizi o‘g‘il farzand ko‘rdi

Hillari Klintonning qizi o‘g‘il farzand ko‘rdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Hillari Klintonning qizi o‘g‘il farzand ko‘rdi
  • Дата релиза: 19-06-16, 13:04
Hillari Klintonning qizi o‘g‘il farzand ko‘rdi
AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va sobiq prezident Bill Klintonning qizi Chelsi o‘g‘il farzand ko‘rdi. Unga Eydan deb ism qo‘yildi. Bu haqda Chelsi Klinton Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”. “Biz Mark bilan (turmush o‘rtog‘i Mark Mezvinski) minnatdorlik va muhabbat tuyg‘usini his etmoqdamiz, o‘g‘limiz Eydan Klinton Mezvinskining dunyoga kelganligini nishonlamoqdamiz”, — deyiladi xabarda. Chelsi o‘tgan yilning 21-dekabrida farzand kutayotganini ma’lum qilgan edi. Hillari va Bill Klintonning yagona farzandi bo‘lgan Chelsi 2014-yilning sentabrida qiz farzandli bo‘lgan, unga Sharlotta deb ism qo‘yilgan edi. Chelsi Klintonning ota-onasi ikkinchi marta buva va buvi bo‘lganidan baxtiyor ekanligini ma’lum qilib qo‘shma bayonotini chop etdi. “Chelsi va Eydan o‘zini yaxshi his qilmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Логин:
Пароль: