Главная » Yangiliklar » Hindistonlik ayol qornidan 36 yil avval halok bo‘lgan chaqaloq suyaklari chiqarib olindi
Hindistonlik ayol qornidan 36 yil avval halok bo‘lgan chaqaloq suyaklari chiqarib olindi

Hindistonlik ayol qornidan 36 yil avval halok bo‘lgan chaqaloq suyaklari chiqarib olindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Hindistonlik ayol qornidan 36 yil avval halok bo‘lgan chaqaloq suyaklari chiqarib olindi
  • Дата релиза: 24-08-14, 16:23
Hindistonlik ayol qornidan 36 yil avval halok bo‘lgan chaqaloq suyaklari chiqarib olindi

Hindistonlik shifokorlar Madhya-
 Pradesh shtatida istiqomat qiluvchi
 62 yoshli Jioti Kumar organizmidan
 36 yil avval vafot etgan chaqaloq
 skeletini chiqarib oldi. Shifokorlar
 butun dunyo bo‘yicha eng uzoq davom etgan bachadondan tashqari homilaga duch kelganini
 aytmoqda. Bu borada o‘rnatilgan
 avvalgi rekord 18 yilni tashkil
 etgan edi, deb xabar bermoqda “Vesti” Inquisitr’ga tayanib.

 Jioti Kumar 1978-yil 24 yoshida
 homilador bo‘ladi. Shifokorlar
 ayolni bola bachadondan
 tashqarida rivojlanayotgani uchun
 yashab ketmasligini aytib,
 ogohlantiradi. Jioti operatsiyadan qo‘rqib, shaxsiy shifoxonaga
 murojaat qiladi. U yerda og‘riqdan
 xalos bo‘lgan ayol endi muammo
 tug‘ilmasligiga ishonadi. Oradan 36 yil o‘tib, Jioti qorin sohasida og‘riq seza boshladi. Nagpur shahridagi Tibbiy fanlar institutiga murojaat qilgan ayol operatsiyaga rozilik bildiradi. Natijada bir guruh jarrohlar ayolning tanasida qolib ketib, bir necha o‘n yil avval halok bo‘lgan chaqaloq skeletini chiqarib oldi. Ayni damda Jioti Kumar o‘zini
 yaxshi his qilmoqda. Tibbiy adabiyotlarni o‘rganib chiqqan hind shifokorlari yuqoridagi voqea kamdan-kam sodir bo‘lishini aniqladi. Bundan avval shunga o‘xshash holat Belgiya fuqarosi bilan yuz bergan. U tug‘ilmagan farzandining qoldiqlarini tanasida 18 yil mobaynida olib yurgan.

Логин:
Пароль: