Главная » Yangiliklar » HINDISTONLIK JARROHLAR BEMOR OShQOZONIDAY 600DAN ORTIQ MIXNI OLIShDI
HINDISTONLIK JARROHLAR BEMOR OShQOZONIDAY 600DAN ORTIQ MIXNI OLIShDI

HINDISTONLIK JARROHLAR BEMOR OShQOZONIDAY 600DAN ORTIQ MIXNI OLIShDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: HINDISTONLIK JARROHLAR BEMOR OShQOZONIDAY 600DAN ORTIQ MIXNI OLIShDI
  • Дата релиза: 01-11-17, 20:48
HINDISTONLIK JARROHLAR BEMOR OShQOZONIDAY 600DAN ORTIQ MIXNI OLIShDI
Hindistonlik jarrohlar ruhiy xastalikka chalingan yigitning oshqozonidan 600 dan ortiq mixni olishdi. Kamdan-kam holatda uchraydigan bunday jarrohlikni Kalkuttadagi tibbiyot kollejining shifokorlari amalga oshirdi.

Bemor qornidagi kuchli og`riqlardan keyin shikoyat qilgan. Kasalxonada ultra tovush tekshiruvi o`tkazilganda bemorning oshqozoni mixga to`laligi aniqlangan. Shundan so`ng bemorni jarrohlikka tayyorlashdi.

Jarroh Siddxartxa Bisvasning aytishicha, bemorning oshqozoni uzunligi 2 sm bo`lgan mixlarga to`lib shishgan edi. Shifokorlar jarrohlini juda ehtiyotkorlik bilan olib borishgan. Oshqozondan mixlarni olish uchun ular magnitdan foydalanishdi. Jarrohlik bir kechayu kunduz, ya`ni 24 soat davom etdi.

Yigitning qarindoshlaridan biri jurnalistlarga bemorning aqli zaifligi, har narsani yutib yuborish odati borligi haqida gapirib berdi.

Jarrohlik muvaffaqiyatli o`tdi, bemorning ahvoli barqaror deya ma`lum qilindi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: